OFARINKENT

OFARINKENTZarafshon vodiysining oʻrta qismidagi oʻrta asrlarga oid shahar va tuman. Miyonkolning yuqori qismini Sugʻdi Xurd (Kichik Sugʻd) yoki Nim Sugʻda (Yarim Sugʻd) tumani egallagan boʻlib, temuriylar davrida Ofarinkent shahri uning markazi edi. «Qandiya»da aytilishicha, Ofarinkent shahri Samarkand hukmdori Gʻurak davrida (8-a.) qurilgan. Shayboniylar davridan bu tuman Ofarinkent deb atala boshlagan. U shayboniy sultonlaridan Iskandarga (Abdullaxon II ning otasi) mulk sifatida berilgan. Hofiz Tanish al-Buxoriy Ofarinkentni Miyonkoldagi «iqlimi juda qulay, sersuv, ochiq koʻngilli va tenchliksevar aholi yashaydigan eng yaxshi joydir», deb taʼriflaydi. Ashtarxoniylar davrida ham Ofarinkent hokim, bek yoki qoʻshin qozisining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik Ofarinkent oʻz oʻrnini Dahbedga boʻshatib bergan. 18-a. ning 2-yarmi va 19-a. ning 1-yarmida Ofarinkent maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligining Samarqand bekligi tarkibiga kirib, manbalarda tuman va shahar sifatida eslatiladi. «Ofarinkent» atamasi 20-a. boshigacha saqlangan. Hoz. bu joy Samarkand viloyatining Okdaryo tumani tasarrufida boʻlib, Primkent kishlogʻi nomi bilan maʼlum. Qad. Ofarinkent shahar xarobasi saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x