BAKIROVA Oybarchin Abbosovna

BAKIROVA Oybarchin Abbosovna (1950.27.6, Andijon) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2000). Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971— 72 y. lar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. 1973-y. dan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasining aktrisasi. Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo («Orzular ogʻushida…»), vrach Valiyeva («Kasalxona»), Sarviniso («Vodillik kelin»), Xolida («Marhumga hurmat»), Gulsara («Ertangi kunga in-tilish»), Sharofat («Amirning xufiyona sayohati»), Zaynab xola («Alif Laylo»), Boyxotin («Armon») va b. Shuningdek, telefilmlar («Gulobod va Feruz», «Yoʻl boʻlsin», «Nozigim», hamda videofilmlar («Ayol zoti», «Fazliy»)da ham rollar ijro etgan. Bakirova oʻz qahramonlarining milliy xarakteri, taqdirini, ularning maʼnaviy goʻzalliklarini, ruhiy ulugʻvorligini, qaygʻu-alamlari, sevgi va vafosini, nozik his-toʻygʻularini tomoshabinga yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x