VIDOIY

VIDOIY (?, Kattaqoʻrgʻon – ?) — oʻzbek shoiri. 19-a. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida maʼlumot topilmagan. Ijodida dunyoviy adabiyot anʼanalariga rioya qilgan, lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼriyatida samimiy sevgi, axdida qatiy bulishlik, sadoqat, yaxshilikni ulugʻlagan. Maʼnaviy-axloqiy qashshoqlik, adolatsizlik, jabr va zulm kabi illatlarni fosh qilgan. Navoiyning «Xarobot aro kirdim oshifta hol, May istargʻa ilkimda singan safol» bayti takrorlanib keluvchi tarjeʼbandiga tatabbu tarzida 10 ta tarjeʼband yozgan, sheʼrlariga naziralar bogʻlab, buyuk oʻtmishdoshining ijodiy anʼanalarini davom ettirgan. Vidoiyning 4 ming baytga yaqin sheʼrni oʻz ichiga olgan devoni bizgacha yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x