BOBOXONOVA Xadicha Abdurasulovna

BOBOXONOVA Xadicha Abdurasulovna (1923.11.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr texnikumini tugatgan (1939), Moskva davlat teatr sanʼati inti qoshidagi milliy teatr boʻlimida tahsil olgan (193941). Surxondaryo (1941-49), Buxoro (1949-51), Kattaqoʻrgʻon (1951-58) teatrlarida ishlagan, 1958-y. dan yana Surxondaryo teatrida. Asosiy rollari: Maysara («Maysaraning ishi»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), Layli («Layli va Majnun»), Nodira («Nodira»), Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Toʻlgʻanoy («Momo Yer»), Ona TurkAmir Temur va Yildirim Boyazid»), Saodat («Qaytar dunyo»), Jannat xola («Oʻchmasin chiroq») va b. Yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi va milliy xususiyatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Oʻzbek, qozoq, turkman, ozarbayjrn xalq qoʻshiqlarining mohir ijrochisi. «Shuhrat» (1994) medali, «Elyurt hurmati» ordeni (1998) bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x