QILICHEVA Saodat Ziyodullayevna

QILICHEVA Saodat Ziyodullayevna (1950.15.1, Kattaqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1973). 1973-y. dan Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 13-, 1974-y. dan Nurota tumanidagi 27-, 1976-y. dan 18-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Пост Навигацияси

BUXORO BOSQINI

BUXORO BOSQINI, Buxoro operatsiyasi — qizil armiyaning Buxoro xonligintl tugatish va uning hududida shoʻrolar hokimiyatini barpo etish maqsadida uyushtirgan bosqini (1920-y. 28 avg. — 2 sent.). Bolsheviklar xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzib, 1920-y. fev. da Xiva xonligini bosib olganlaridan soʻng Buxoro amirligi sari yuzlandilar. 1920-y. may oyi boshlarida Moskvaga kelgan Turkkomissiya aʼzolari Sh. Eliava … Читать далее

KUSHONIYA

KUSHONIYA — Zarafshon daryosining oʻrta oqimida boʻlgan qad. viloyat va uning markaziy shahri nomi. Xitoy solnomalarida Fumo (Fumo-Chan) yoki Xe deb atalgan. Kushoniya viloyatining sharqiy chegarasi Sao viloyati (Oqdaryo shim. dagi yerdar) ga tegishli hududgacha 150 li (52 km), jan.-sharqiy chegarasi Kan (Samarqand) hududigacha 100 li (35 km), gʻarbiy chegarasi An (Buxoro) hududigacha 300 li … Читать далее

ZARAFSHON

ZARAFSHON (fors, zar — oltin, afshon — sochuvchi) — Tojikiston va Oʻzbekistondagi dare. Avesto yodgorliklarida «Daytiya» — «Ezgu suv» deb yuritilgan; yunonlar hukmronligi davrida «Daytiya» soʻzi yunonchaga aynan tarjima qilinib, Politimet — «Koʻp ezgu suv» deb atalgan; daryoning Sugd, Jirt, Jon, Somjan shaklidagi nomlari ham maʼlum; pahlaviy (qad. forscha) tilida «Nomiq» («Mashhur», «Ezgu»), fors tilidagi … Читать далее

KAYDALOV Vladimir Yelpidiforovich

KAYDALOV Vladimir Yelpidiforovich (1907.27.7, Barnaul — 1985.21.4, Tosh-kent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1957). 1932-y. dan Oʻzbekistonda. Kaydalov asarlari milliy koloriti, hayot boʻyoqlar vositasida jozibali ifodalangani bilan diqqatga sazovor. Ijodi mavzu va janr jihatidan rang-barang. Dastlab gaz. va jur. nashriyotlarida rassom boʻlib ishlab grafika usullarini oʻrgandi. Taniqli kishilar (Y. Oxunboboyev, Hamza, S. Ayniy, Gʻ. Gʻulom, A. … Читать далее

ZARAFSHON TIZMASI

ZARAFSHON TIZMASI — Pomir-Olay togʻlariga mansub togʻ tizmasi. Zarafshon daryosidan jan. da, Mastchoh (Koʻksuv) togʻ tugunidan boshlanib, Turkiston tizmasiga parallel holda sharqsan gʻarbga 420 km ga (Jom choʻligacha) choʻzilgan. Gersin burmalanishida hosil boʻlgan, keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta koʻtarilib hoz. qiyofaga kelgan. Zamini asosan paleozoy ohaktoshlari, kristalli slaneslar va qisman granitlardan (gʻarbida) tuzilgan. 3. … Читать далее

KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI

KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI — gi-drotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—51 y. lar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv … Читать далее

ZARAFSHON OKRUGI

ZARAFSHON OKRUGI — Turkiston generalgubernatorligi tarkibiga kirgan tarixiy okrug (1868—1886). Samarqand Rossiya tomonidan bosib olingach (1868), Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilishi natijasida tuzilgan. Keyinchalik 3. o. ga Panjikent va Zarafshon vodiysi shim. dagi togʻli rnlar qoʻshilgan. 3. o. ni boshqarish generalgubernator K. P. fon Kaufman tomonidan tasdikdangan «Muvaqqat nizom» asosida amalga oshirilgan. 1886-y. 12-iyunda «Turkiston … Читать далее

BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich

BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich (1910.8.2, Qirgʻizistondagi Toʻqmoq sh. —1990.10.6, Moskva) — meʼmor, Xalq meʼmori (1970). Oʻrta Osiyo industrial in-tini bitirgan (1933). «Toshkent sh. loyihalash idorasi»da bosh meʼmor (1938—44), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (194446, 196468), Oʻzbekiston respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari (1955—59), Qurilish va meʼmorlik akademiyasida ilmiy xodim va boʻlim mudiri (1960— 63), ToshPIda oʻqituvchi (1963), prof. … Читать далее

VAGN

VAGN, fagn, bagn — «Avesto»da ibodatxona nomi. 10—13-a. lardagi koʻpgina tarixchilarning asarlarida Soʻgʻddagi koʻpgina qishloqlar atamasi tarkibiga «fagn» («bagn», «vagn») qoʻshimchasi ham kirganligi qayd etilgan. Mas., Miyonbagn (Vobkentda), Vanufag(n) (Buxoro atrofidagi Tavovis yaqinida), Astavagn va Hurbagp (Gʻijduvonda), Rustfagn va Krasvagn (Samarqand atrofida), Xushufagn (Kattaqoʻrgʻon va Samarqand atroflaridagi ikki qishloq), Kukshibagn (Urgut yaqinida) va b. «Xushufagn» … Читать далее