VOLA

VOLA (taxallusi; asl ismi Eshonxoʻja Mirinoyatullo oʻgʻli) (1770 — Samarqand viloyati Ishtixon tuman i — 1842) — oʻzbek shoiri. Vozehttg «Suhbatdoshlar tarjimayi holidan doʻstlarga tuhfa» tazkirasida keltirilishicha. Vola tugʻma koʻzi ojiz boʻlgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Vola 19-a. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub Shavqiy. Nodim, Xiromiylar bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Navoiy, Hofiz sheʼrlariga tazmin, muxammaslar bogʻlagan. Sheʼrlari ijtimoiy, falsafiy va ishqiy mavzuda. Ularda mehnatkash xalq hayoti, turmush mashaqqatlari, oʻz qashshoqligidan norozilik, shu bilan birga ezgu orzular ifoda etilgan. Baʼzi manbalarda sheʼrlaridan 2 ta devon tartib bergani va bayozlar tuzgani haqida maʼlumot keltiriladi, ammo ular hali topilmagan. Turli bayozlarga kirgan 3 ming misradan ortiq sheʼrlari bizgacha yetibkelgan.»

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x