VERMIKULIT

VERMIKULIT (lot. vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25-marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. V. gipergen jarayonida magniy-temirli … Читать далее

BORISOV

BORISOV — Belorussiyaning Minsk viloyatidagi shahar (1795-y. dan). T. i. stansiyasi. Berezina daryosi boʻyidagi pristan. Aholisi 150,7 ming kishi (1999). Mashinosozlik («Ekran» i. ch. birlashmasi va b.), yogʻochsozlik, kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi. Musika asboblari, billur ishlab chiqariladi. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. B. ga 1102-y. da asos solingan, 12a, oxirida Litva, soʻngra … Читать далее

VENGER TILI

VENGER TILI — vengerlartili. Fin-ugor tillari oilasining ugor guruhiga mansub. U asosan Vengriyaning oʻzida va u bilan chegaradosh boʻlgan Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpatye viloyatlarida tarqalgan. Venger tilida 13,83 mln. kishi soʻzlashadi. Venger tili fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uygʻunlashuvi xosdir. Bu holat soʻz negizlarida koʻshimcha orttirilganda kuzatiladi. Soʻz urgusi esa … Читать далее

BOLGʻALASH MASHINASI

BOLGʻALASH MASHINASI — metall zagotovkalarga zarb va bosim bilan ishlov beradigan mashina. Bolgalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladigan xillari bor. B. m. ning bugʻ yoki qisilgan havodan ishlaydigan bugʻhavo, ish porshenlari va kompressor porshenlari orasidagi havoning siqilishi va siyraklanishi hisobiga ishlaydigan pnevmatik, harakatlanuvchi qismlari dvigatel b-n mexanik tarzda bogʻlangan mexanik, yuqori bosimli suyuqlik bilan harakatga … Читать далее

VARZOB

VARZOB, Dushanbadaryo — Tojikistonning gʻarbidagi daryo, Kofarnihon daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 71 km, havzasining mayd. 1740 km2. Hisor tizmasining jan. yon bagʻridagi (4000 — 4800 m) doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 54 mʻ/sek (Dushanba sh.). V. sersuv, maksimal suv sarfi apr. oylariga toʻgʻri keladi. Varzob yuqori qismda tor va chuqur vodiyda, … Читать далее

VANINI

VANINI (Vanini) Julio Chezare (taxallusi Lyuchilio) , (1585, Taurizano, Neapol yaqinida — 1619.9.2, Tuluza) — italiyalik faylasuf, ruhoniy. V. oʻz asarlarida qad. ateistlarni tanqid qilish bahonasida ulariing asl qarashlarini ochiqdan-ochiq bayon etgan. Unga koʻra, xudo tabiat bilan cheksiz borliq sifatida qoʻshilib, bir butunlikni tashkil qiladi. Vaninining taʼkidlashicha, tabiat oʻz mohiyatiga koʻra harakatdan benasib, u oʻzidan … Читать далее

BOJ

BOJ, boj puli — 1) oʻrta asrlarda Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarida savdogarlar, hunarmandlar va b. dan olingan soliq; shuningdek, magʻlub podsholiklar tomonidan yoki zabt etilgan xalqlardan gʻolib tomonga toʻlangan natural yoki pul soligʻi ham Boj deb atalgan; 2) mamlakat chegarasidan olib oʻtiladigan import tovarlari, molmulk, qimmatbaho buyumlar va b. uchun davlat boj nazorati undiradigan … Читать далее

VALYUTA TANGLIGI

VALYUTA TANGLIGI, valyuta inqirozi — pul-kredit tizimining chuqur izdan chiqishi; mamlakat ichidagi pul muomalasini hamda xalqaro hisobkitoblar doirasini qamrab oladi. Valyuta kursining keskin tebranishlari, mamlakat valyuta rezervlarining tugashi b-n tavsiflanadi. Valyuta tangligi pul-kredit tizimining izdan chiqishi, valyuta kurslarining keskin tebranishlari, valyuta rezervlarining hajm jihatidan sezilarli va tezlikda mamlakat hududidan oqib ketishi, valyutalarning devalvatsiya va revalvatsiya … Читать далее

VALYADOLID

VALYADOLID — Ispaniyadagi shahar, Valyadolid provinsiyasining maʼmuriy markazi. Pisuerga daryosi va Kastiliya kanali boʻiida. Aholisi 344 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Avtomobilsozlik va traktorsozlikning yirik markazi. Alyuminiy, toʻqimachilik, kimyo, keramika sanoati rivojlangan. Teri qayta ishlana-di, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Un-t (1346-y. dan) bor. V. 10-a. dan maʼlum. … Читать далее

VALLERIIT

VALLERIIT — mineral. Kimyoviy formulasi Cu3Fe4S7. TpHroHan singoniyali. Rangi sariq, toʻq kulrang va qora, yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 1. S. og. 4,2. V. yuqori haroratli gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. Kam uchraydi. Valleriit Qurama togʻlarida (Novgar-zansoy, Qoʻshbuloq) va Gʻarbiy Uzbekistonda (Langar, Muruntov) topilgan. Valleriit konlari Shvetsiyada (Kaveltorl), JAR (Palabora) va b. joylarda bor. Mis olinadigan ruda. Пост … Читать далее