BAHOUDDIN MUHAMMAD

BAHOUDDIN MUHAMMAD ibn Muayyad al-Bogʻdodiy (12-a.) — tarixchi olim. Xorazmning Bogʻdod qishlogʻida tugʻilib, Xurosonning Niso sh. da yashagan. Xorazmshoh Takash (1172 — 1200) uni saroy xizmatiga taklif qiladi va munshiylar devoniga boshliq qilib tayinlaydi. Bahouddin Muhammad devon boshilik davrida yiqqan turli vasiqa va hujjatlar, boshqa davlatlar bilan boʻlgan yozishmalarni doʻstlarining iltimosi va podshohning buyrugʻi bilan toʻplab, ularga A«ttavassul ilattarassul» («Yozishmalarni qoʻlga kiritish») nomini beradi. Bu asarda 1182 va 1184-y. lardagi voqealar, davlat va devon ishlariga oid muhim tarixiy maʼlumotlar bor. Leyden va Parij kutubxonasidagi bu asar qoʻlyozmasini 1936-y. Tehronda Ahmad Baxmanyor birinchi marta nashr etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x