BAHOIYLIK

BAHOIYLIK, bahoiyya — diniysiyosiy oqim. 19-a. oʻrtalarida Erondagi bobiylik harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat uchun yagona din, iqtisodist va davlat zarur degan gʻoyalarni ilgari suradi. Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yoʻqotishning hojati yoʻq, ularni qandaydir bir nuqsonsiz taʼlimot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan tozalash kerak. Muhimi — xudoni sevish kerak, chunki mu-habbat taraqqiyotning sharti va koinot qonunidir. 1979-y. da Eronda islom ipqilobidan soʻng bu taʼlimotning oʻplab rahnamolari qatl etildi. Baho-iylar Osiyoning baʼzi mamlakatlarida ham bor. Bahoiylarning koʻpchiligi Yevropa va Amerikada, asosiy markazlari Germaniya, AQSH, Panamada. Markaziy qarorgohi Xayfa (Isroil) sh. da.

Oʻzbekistonda bahoiylarning roʻyxatdan oʻtgan 3 ta jamoasi bor (1998). Ular Toshkent, Samarqand, Navoiy sh. laridadir. Oʻz anʼanaviy bayramlarini oʻtkazadilar, Xanfa sh. ga ziyoratga borib turadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x