VENGER TILI

VENGER TILI — vengerlartili. Fin-ugor tillari oilasining ugor guruhiga mansub. U asosan Vengriyaning oʻzida va u bilan chegaradosh boʻlgan Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpatye viloyatlarida tarqalgan. Venger tilida 13,83 mln. kishi soʻzlashadi.

Venger tili fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uygʻunlashuvi xosdir. Bu holat soʻz negizlarida koʻshimcha orttirilganda kuzatiladi. Soʻz urgusi esa asosan birinchi boʻgʻinga tushadi. Venger tili morfologik nuqtayi nazardan agglyutinativ. Otlar son (birlik va koʻplik), kelishik (20 ga yaqin) bilan turlanadi. Ularda grammatik jins yoʻq. Sifat va sonlar boshqa soʻzlar bilan bitishuv orqali birikadi. Otlar suffiks va negizlar birikuvi vositasida yasaladi. Feʼllar son (birlik va koʻplik), uch shaxe, uch zamon, uch mayl (aniklik, buyruq, shart) bilan tuslanadi. Yordamchi soʻzlar — koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklamalar, aniq va gumon artikllaridan iborat. Leksikasida koʻpgina turkiy va nemis tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor.

Venger tili yozma yodgorligi 14-a. ning 2-yarmiga oid boʻlib, qabr toshlarida uchraydi. 17-a. dan venger adabiy tili shakllana boshlagan. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x