VERMIKULIT

VERMIKULIT (lot. vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25-marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. V. gipergen jarayonida magniy-temirli slyudalarning nurashi natijasida hamda gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Nurota (Langar koni) togʻlaridan topilgan. Yirik konlari Qozogʻiston (Barchin), RFda (Ural, Saxa-Yakutiyada), AQSH va Avstraliyada uchraydi. Vermikulit issiq va sovuqni oʻtkazmaydigan izolyator sifatida qurilishda (betonga aralashma), q. x. da (tuproq namligini saqdovchi) ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x