BUROV SUYUQPIGI

BUROV SUYUQPIGI (Liquor Burovi) — sirka alyumipatning 8%li eritmasi. Rangsiz, tiniq, chuchmal suyuqlik, bir oz sirka hidi keladi. Tarkibida achchiqtosh (46,5 qism), kalsiy karbonat (14,5 qism), suyultirilgan sirka kislota (39 kiyem) bor. Burishtiradi va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻizni chayqash uchun ishlatiladi, dokaga shimdirib, lat yegan joyga qoʻyiladi. Пост Навигацияси

VULKANLAR

VULKANLAR, vulqonlar (Vulkan nomidan) — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va b. vulkan jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulkanlar kanalining yuqori qismi Vulkanlar boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb … Читать далее

BULUNGʻUR TUMANI

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim. da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan. garbda Toyloq tumani, jan. da Urgut tumani va jan. sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,76 ming km2. Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumanida 1 shahar … Читать далее

BUKRAA

BUKRAA — Saxroi Kabirning shim. qismidagi kon, dunyodagi eng katta fosforit konlaridan. 1973-y. da ishga tushirilgan. Kon yuqori boʻr davri gilkremniyohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan (qalinligi 2—6 m) tuzilgan. 50—90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qoʻshimchalari (mollyuska, foraminifera, reptiliya, baliklar)dan iborat. R2O5 mikdori 30—33%. Fosforitlarda har doim koʻp miqdorda (0,005—0,07%) … Читать далее

VORKUTA

VORKUTA — RF Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan), Vorkuta daryosi boʻyida, Qutb doirasidan 160 km shim. da. Kotlas sh. dan boradigan t. y. ning oxirgi st-yasi. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora koʻmir havzasida koʻmir qazib chiqariladigan yirik markaz (Vorkuta koʻmir k-ti bor). V. da yogʻoch k-ti, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (sement, gʻisht) va b. … Читать далее

BRYUSSEL KARAMI

BRYUSSEL KARAMI (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Gʻarbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada koʻp ekiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismida bandli sillis barglar chiqaradi, barg qoʻltigʻida (diametri 2—2,5 sm li 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urugʻli qoʻzoq meva … Читать далее

VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh. Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil … Читать далее

BRITANIYA KOLUMBIYASI

BRITANIYA KOLUMBIYASI — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 947,8 ming km2. Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va b. orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va b.). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, … Читать далее

BREST

BREST — Fransiyaning shim. gʻarbidagi shahar. Aholisi 148 ming kishi dan ziyod (1996). Atlantika okeani boʻyidagi yirik savdo markazi va dengiz arsenali. Mashinasozlik, jumladan kemasozlik, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat sanoati korxonalari, dengizchilik maktabi, ratusha, birja, teatr bor. Пост Навигацияси

VERXARN

VERXARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg, tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven un-ti yuridik f-tini tugatgan. «Rohiblar» (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. «Oqshomlar» (1887), «Halokat» (1888), «Qora mashʼallar» (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. «Telba qishloqlar» (1893), «Gʻala-gʻovur … Читать далее