VANINI (Vanini) Julio Chezare (taxallusi Lyuchilio) , (1585, Taurizano, Neapol yaqinida — 1619.9.2, Tuluza) — italiyalik faylasuf, ruhoniy. V. oʻz asarlarida qad. ateistlarni tanqid qilish bahonasida ulariing asl qarashlarini ochiqdan-ochiq bayon etgan. Unga koʻra, xudo tabiat bilan cheksiz borliq sifatida qoʻshilib, bir butunlikni tashkil qiladi. Vaninining taʼkidlashicha, tabiat oʻz mohiyatiga koʻra harakatdan benasib, u oʻzidan tashqaridagi faol ilohiy kuchga muhtojdir. Xudo va tabiatning birligi ularning xech biriga putur yetkazmaydi. Olam yagona va abadiydir, lekin uning muayyan koʻrinishlari doimiy oʻzgarishda boʻladi. Ruh bilan modda ajralmasdir. Ruh abadiy emas, uning ibtidosi va intihosi bor. Har qanday moʻjizaviy hodisa mohiyatini inson aql-farosati orqali asoslab berish mumkin. Vaninining fikricha, insondagi har qanday ruhiy jarayon iqlim, nasl-nasab, fazoviy jismlarning taʼsirida sodir boʻladi. Odamlar jussasidagi tafovut ulardagi maʼnaviy fazilat yoki illatlarni keltirib chiqaradi. Vanini ateizm va bidʼatda ayblanib, inkvizitsiya tomonidan gulxanda yoqib yuborilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии