KUSHONIYA

KUSHONIYAZarafshon daryosining oʻrta oqimida boʻlgan qad. viloyat va uning markaziy shahri nomi. Xitoy solnomalarida Fumo (Fumo-Chan) yoki Xe deb atalgan. Kushoniya viloyatining sharqiy chegarasi Sao viloyati (Oqdaryo shim. dagi yerdar) ga tegishli hududgacha 150 li (52 km), jan.-sharqiy chegarasi Kan (Samarqand) hududigacha 100 li (35 km), gʻarbiy chegarasi An (Buxoro) hududigacha 300 li (105 km) boʻlgan. Uning hududi aylanasi esa 1400 li (450 km) ga yaqin masofani tashkil qilgan. Mil. av. 2 — mil. 1-a. largacha Kushoniya viloyati Qangʻ davlati tarkibiga kirgan, soʻng kushonlar sulolasi va eftaliylarta tobe boʻlgan, mil. 6-a. oxiri — 7-a. 1-yarmida esa Sugʻd ixshidita itoat etgan.

Mazkur viloyatning markaziy shahri Kushoniya hoz. Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinida, Nami (Zarafshon) daryosidan bir necha km jan. roqda boʻlgan. U Sugʻdning eng obod shaharlaridan biri va Samarqand yuksalguniga qadar Zarafshon vohasining madaniy markazi edi. Uning aholisi Sugʻddagi qolgan barcha viloyatlar aholisidan ham badavlatroq boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, Kushoniya hokimining taxti oltindan yasalgan, uning saroyi devorlariga Oʻrta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va Rim hukmdorlari suratlari chizib qoʻyilgan. V. V. Bartoldnnng fikricha, birgiva bino devorlarida mahalliy hamda chet el hukmdorlarining suratlari mavjud boʻlgan bunday shahar jahonning hech qaysi mamlakatida boʻlmagan. Bu esa Kushoniyaning koʻplab xorijiy davlatlar va ularning xalqlari bilan yaqin aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t. 2, ch.1, M., 1963; Shoniyozov K., Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x