KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI

KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI — gi-drotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—51 y. lar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli toʻgʻon, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941-y. da uz. 4 km, bal. 28 m tuproqtoʻgʻon koʻtarildi (keyinchalik toʻgʻon bal. 31,5 m ga yetkazildi). Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954-y. da loyihada koʻrsatilgan mikdor — 662 mln. m3 ga yetkazildi. Uz. 28 km, suv sarfi 45 m3/s suv keltiruvchi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m3/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956-y. suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv oʻtkazish imkoniyati 100 m3/s ga yetkazildi, oʻzani toʻgʻrilanib, kengaytirildi va oʻzanga beton toʻshama yotqizildi. Natijada kanal uz. 21,2 km ga yetdi. Toʻgʻon (maksimal bal. 28,62 m, uz. 3915 m) va quloqlarning rekonstruksiya qilinishi natijasida (1968-y. da) Kattaqoʻrgʻon suv ombori sigʻimi 900 mln. m3 ga yetkazildi, shundan foydali sigʻimi 840 mln. m3. Suv yuzasi mayd. 79,5 km2. Uz. 15 km, maksimal eni 10 km, oʻrtacha eni 5,3 km, maksimal chuq. 25 m, oʻrtacha chuq. 11,3 m.

Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 ming ga yer sugʻoriladi va 150 ming ga yerning suv taʼminoti yaxshilangan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi kanal bilan Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga oʻrta hisobda 240— 250 s baliq ovlanadi.

Ziyamiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x