KARLIK

KARLIK, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning soʻzni anglay olmaydigan darajada «ogʻir»ligi. Karlik tugʻma va hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Tu gʻ m a K. ga bola tugʻilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va h. k.) b-n ogʻrishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik davrida, xususan, uning birinchi … Читать далее

QUSHLAR

QUSHLAR — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va b.) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra Q. sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin … Читать далее

KROTSIMONLAR

KROTSIMONLAR (Talpidae) – hasharotxoʻrlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. Krotsimonlar (yer yuzasida hayot kechiruvchi yerqazardan tashqari) yer qazib, yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasi gʻoʻlasimon, tashqi quloq suprasi yoʻq, oldingi oyoqlari qisqa, tirnogʻi uzun va qattiq, moʻynasi qisqa, silliq. Krotsimonlar yaxshi koʻrmaydi; baʼzi birlarining koʻzi teri bilan qoplangan. Eshitish va hid bilish organi yaxshi … Читать далее

QULOQ KASALLIKLARI

QULOQ KASALLIKLARI — quloq ning tugʻma nuqsonlari, shikastlanishi va kasalliklari. Tugʻma nuqsonlariga: tashqi eshituv yoʻlining bitib ketishi (atreziyalar), quloq suprasining yaxshi rivojlanmaganligi (mikrotiya), yaʼni kemtik boʻlishi (xalqda chinoq deyiladi) yo butunlay boʻlmasligi (anotiya); oʻrta quloqda, asosan, nogʻora boʻshligʻidagi suyak toʻqimasining oʻsib ketishi, eshituv suyakchalari boʻlmasligi yoki ularning oʻzaro birikib ketishi; ichki quloqda korti organining yoʻqligi … Читать далее

QULOQ

QULOQ — odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, oʻrta va ichki Quloq farq qilinadi. Tashqi Quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik togʻaydan tuzilgan. Supraning pastki yumshoq qismida togʻay boʻlmaydi. Tashqi eshituv yoʻli ancha keng boʻlib, uz. 30—35 mm. oʻrta … Читать далее

LOGOPATIYA

LOGOPATIYA (logos va yun. pathos — azob, kasallik) — nutqning buzilishi, bunda eshitish qobiliyati sakdangan holda nutqda nuqson kuzatiladi. Nutq apparatining turli kamchiliklari natijasida soʻzdagi boʻgʻinlar yoki butun soʻzni tutilib takrorlash, ayrim soʻzlarni toʻsatdan talaffuz qila olmay qolish. Logopatiya deganda markaziy nerv sistemasining organik kasalliklarida nutq apparatining zararlanishi tufayli nutkda kuzatiladigan barcha buzilishlar tushuniladi. Baʼzi … Читать далее

QULOQ OGʻIRLIGI

QULOQ OGʻIRLIGI — eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda koʻ-pincha oʻtkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari (koʻpincha adenoid) oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar koʻpincha Quloq ogʻirligiga sabab boʻladi. Baʼzan tugʻma va bolalikdagi Quloq ogʻirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab … Читать далее

LOGOPEDIYA

LOGOPEDIYA (logos va yun. paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — ped. fani tarmogʻi; nutqsagi kamchilik (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqsoni va b.) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab 17-a. da Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq … Читать далее

BOSH ISTISQOSI

BOSH ISTISQOSI, gidrotsefaliya, miya istisqosi — kalla boʻshligʻida orqa miya suyuqligʻining ortiqcha yigʻilishi va kalla ichi bosimining oshishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Tugʻma va orttirilgan xillari bor. Tugʻma Bosh istisqosi onadagi yuqumli kasalliklar, shikastlanish va zaharlanishning homilaga taʼsiri natijasida vujudga kelib, bola tugʻilishi b-noq yuzaga chiqadi. Bunda bolaning boshi juda tez kattalashadi, ayniqsa peshona va … Читать далее

DELFINLAR

DELFINLAR (Delphininae) — tishli kitlar turkumiga mansub sut emizuvchilar guruhi. Daryo D. i (Platanistidae) va delfinsimonlar (Delphinidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Daryo Delfinlar ining uz. 1,5—3 m, koʻkrak suzgichlari kalta va keng, tumshugi uzun va ingichka, tishlari koʻp (104 dan 242 gacha), koʻzlari ojiz (gang D. da koʻz gavhari boʻlmaydi). Asosan Jan. Amerika (laplat Delfinlar) … Читать далее