LOGOPATIYA

LOGOPATIYA (logos va yun. pathos — azob, kasallik) — nutqning buzilishi, bunda eshitish qobiliyati sakdangan holda nutqda nuqson kuzatiladi. Nutq apparatining turli kamchiliklari natijasida soʻzdagi boʻgʻinlar yoki butun soʻzni tutilib takrorlash, ayrim soʻzlarni toʻsatdan talaffuz qila olmay qolish. Logopatiya deganda markaziy nerv sistemasining organik kasalliklarida nutq apparatining zararlanishi tufayli nutkda kuzatiladigan barcha buzilishlar tushuniladi. Baʼzi harflar (mas, «Logopatiya», «R») ni yaxshi talaffuz qila olmaslik ham Logopatiyaga kiradi. Yozuvda baʼzi harf va hatto boʻgʻinlarni tushirib qoldirish ham Logopatiya koʻrinishlaridan biridir (yana q. Alaliya, Afaziya, Duduqlanish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x