KOʻRSHAPALAKLAR

KOʻRSHAPALAKLAR (Microchiroptera) — qoʻlqanotli sut emizuvchilar kenja turkumi. Mevaxoʻr qoʻlqanotlilarga nisbatan kichik (tanasining oʻz. 2,5 sm dan 14 sm gacha) va uchishga koʻproq moslashgan, quloq suprasi kengroq. Keyingi oyoqlarining tovonida togʻay pix boʻlib, unga uchish pardasining keyingi uchi tutashgan. Tishlari hasharotxoʻrlarnikiga oʻxshash tuzilgan, oziq tishlarining qirralari oʻtkir. Koʻzlari yaxshi koʻrmaydi. Koʻrshapalaklar mukammal exolokatsiya xususiyatiga ega; … Читать далее

IT

IT (Cams familiaris) — boʻrisimonlar oilasiga mansub uy hayvoni. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi boʻri. Mezolit davrida (mil. av. 15 — 10 ming yil) xonakilashtirilgan. It larning hid bilish, eshitish va koʻrish organlari, shuningdek, miyasi yaxshi rivojlangan. Y. larda 42 tish boʻlib, qoziq tishi nihoyatda mustahkam. Urgʻochisi 7—8 oyda, erkagi 10 — 12 oyda jinsiy … Читать далее

GUNGLIK

GUNGLIK, karsoqovlik — tugʻma yoki chaqaloklik davrida roʻy bergan karlik va shuning oqibatida kelib chiqqan soqovlik. G. eshitish kobiliyati saqlangan va aqliy zaif kishilardagi soqovliqdan hamda ruhiy karlikdan (nutqni ilgʻab olishning buzilishi) farq qiladi. Tugʻma kar bolaning tili mustaqil chiqmaydi (q. Karlik), chunki u tevarak-atrofdagi kishilar soʻzini eshitmaydi. Sogʻlom bola tevarak-atrofdagi kishilar soʻzini eshitib, taqlid … Читать далее

GALLYUTSINATSIYA

GALLYUTSINATSIYA (lot. haUucinatio – xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashki tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, … Читать далее

YON CHIZIQ

YON CHIZIQ (linea lateralis) , yon organlar — suvda yashovchi tuban umurtqasiz hayvonlar (toʻgarak ogʻizlilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning itbaliqdavri)dagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan. Yon chiziq maxsus ion tarkibga ega boʻlgan suyuklik bilan toʻlgan naychalar — ampulalardan hamda ular sirtida joylashgan epidermal organlardan iborat. Yon chiziq organlarining asosiy … Читать далее

YEVSTAXIY NAYI

YEVSTAXIY NAYI — quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda yutqunni oʻrta quloq boʻshligʻiga tutashtiradigan kanal. 1563-y. da italyan olimi B. Yevstaxiy (1510—74) tasvir etgan. Oʻrta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi. Yevstaxiy nayi jabra yorigʻining rudimentidan kelib chiqqan. Timsoqlarda oʻzaro tutashuvchi kanallarning murakkab sistemasini hosil qiladi. Ilonlarda oʻrta quloq reduksiyalangani uchun Yevstaxiy nayi yoʻq. … Читать далее

GEOFON

GEOFON (geo… va…fon) — Yer qobigʻining yuqori qatlamlarida tarqaladigan tovush toʻlqinlarini qabul qiluvchi apparat. Ichiga ikkita egiluvchan yupqa metall plastinka orasiga mahkamlangan zalvar massa joylashtirilgan qutidan iborat. Yer qatlamida tarqalayotgan tovush tebranishlari yerga tegib turgan quti korpusini tebrantiradi, quti ichidagi zalvar massa esa inersiya hodisasi tufayli qimirlamay turadi. Geofon koʻpincha vibrograf kabi ishlaydi. Maʼlum uzunlikdagi … Читать далее