KARLIK

KARLIK, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning soʻzni anglay olmaydigan darajada «ogʻir»ligi. Karlik tugʻma va hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Tu gʻ m a K. ga bola tugʻilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va h. k.) b-n ogʻrishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik davrida, xususan, uning birinchi oylarida onaning turli dorilar yo spirtli ichimliklar ichishi sabab boʻlady. Hayotda orttirilgan Karlik oʻrta va ichki quloq, eshitish nervi yoki bosh miya eshituv markazining yalligʻlanish kasalliklari, baʼzi infeksion kasalliklar asorati, shuningdek, zararli omillar (mas, shovqin, vibratsiya va b.) natijasida kelib chiqishi mumkin.

Davosi Karlikning sababiga bogʻliq, u koʻpincha kasallanish darajasiga koʻra olib boriladi. Eshituv nervi jiddiy zararlanganda kar quloq tuzalishi qiyin. Quloq «ogʻir» boʻlib qolganda tovushni kuchaytiradigan asboblar (eshituv apparatlari)dan foydalanish mumkin. Bolalar maxsus maktablarda oʻqitiladi (q. Karlar maktabi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x