QULOQ OGʻIRLIGI

QULOQ OGʻIRLIGIeshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda koʻ-pincha oʻtkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari (koʻpincha adenoid) oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar koʻpincha Quloq ogʻirligiga sabab boʻladi. Baʼzan tugʻma va bolalikdagi Quloq ogʻirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab oʻzgarishi (keksalik Q. o.), shuningdek, uzoq vaqt kuchli shovqin taʼsiri va surunkali intoksikatsiya (al-kogol, nikotin, simob, qoʻrgʻoshin va b. taʼsiri) ham Quloq ogʻirligiga olib keladi. Quloq ogʻirligi yengil, oʻrtacha vaogʻir kechadi. Davosi: Q. o. ga sababchi omillar yoʻqotiladi, turli dori-darmonlar yoki operatsiya yoʻli bilan davolanadi. Koʻproq eshituv apparatlari qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x