MEXANORETSEPTORLAR

MEXANORETSEPTORLAR (yun. mechano — mashina va retseptorlar) — sezuvchi nerv oxirlari; tashqaridan boʻladigan (tuygʻu, ogʻriq, eshitish va b.) yoki ichki organlarda vujudga keladigan mexanik taʼsirotlarni qabul qiladi. Mexanoretseptorlarga baroretseptorlar, proprioretseptorlar, tuygu retseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida boʻladi), vestibuloretseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar ichki qulogʻining vestibulyar apparatipya joylashgan boʻlib, tezlanish, vibratsiya tufayli gavdaning fazodagi … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее

MIYA

MIYA — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning … Читать далее

MUVOZANAT ORGANLARI

MUVOZANAT ORGANLARI — odam va koʻpchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda oʻzgarishi, Yerning tortish kuchi va tezlanishining organizmga taʼsirini qabul qiladigan organlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, gʻovaktanlilardan boshqa) Muvozanat organlari statotsistlar, yaʼni eshitish pufakchalaridan iborat. Statotsistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari boʻladi. Statotsistlar tuzilishi va tanada joylanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mas, ssifomeduzalar va … Читать далее

MUSIKA UQUVI

MUSIKA UQUVI — insonning musiqa asaridagi tovushlar (balandpastlik, metr, ritm, tembr xususiyatlari) ni eshita bilish, ularning izchillik mazmunini tushunib ovoz yoki biror cholgʻuda ijro eta olish qobiliyati. Musika uquvining asosiy ikki pogonasini ajratib koʻrsatish mumkin. Musiqiy fiziologiya nuqtayi nazaridan Musika uquvi bu tovushlarni eshita olish apparatidir. U keng diapazoni hamda tovushlarning oʻzgaruviga oʻta sezgirligi bilan … Читать далее

MOʻMINOV Akrom Ibrohimovich

MOʻMINOV Akrom Ibrohimovich (1937.20.5, Samarqand—2001.1.11, Toshkent) — otorinolaringolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari d-ri (1972), prof. (1973). I. M. Moʻminovnnnt oʻgʻli. ToshTIni tugatgach (1960), Sam-TI otorinolaringologiya klinikasida ordinator (1960—62), assistent (1965 — 67). 1967-y. dan SamTI, 1970-y. dan ToshTI quloq, tomoq, va burun kasalliklari kafedrasida dotsent, prof. (1975). SamTI davolash f-tida … Читать далее

PRIMATLAR

PRIMATLAR (Primates) — yuksak sut emizuvchilar turkumi. Primatlar ajdodlari qadimgi hasharotxoʻrlar. 200 dan ortiq turi bor, 2 ta kenja turkum: chala maymunlar, haqiqiy maymunlarga boʻlinadi. Uz. 13—15 sm dan (sichkrnsimon lemur, 1,75 m gacha va undan uzunroq (gorilla). Vazni 60 g dan 180 kg va undan ortiqroq. Primatlarning tuzilishi ular aj-dodlarining daraxtda yashaganligidan dalolat beradi. … Читать далее

SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

SEZGI

SEZGI — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi inʼikosi. Materiyaning Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar badan S. si (tuyish), koʻrish … Читать далее

KARLAR MAKTABI

KARLAR MAKTABI — tugʻma kar yoki yoshligida eshitish qobiliyatini yoʻqotgan bolalar (q. Karlik) uchun ochilgan internat maktab tipidagi maxsus taʼlim-tarbiya muassasasi. Karlar va zaif eshituvchilar internat maktabga boʻlinadi. Oʻzbekistonda birinchi marta 1920 i. nogiron (kar, koʻr, aqli zaif) bolalar internat maktabi sifatida tashkil etilgan. Karlar internat maktabiga mutlaqo eshitmaydigan va gapirmaydigan, shuningdek, eshitish qobiliyatidan 75 … Читать далее