KROTSIMONLAR

KROTSIMONLAR (Talpidae) – hasharotxoʻrlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. Krotsimonlar (yer yuzasida hayot kechiruvchi yerqazardan tashqari) yer qazib, yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasi gʻoʻlasimon, tashqi quloq suprasi yoʻq, oldingi oyoqlari qisqa, tirnogʻi uzun va qattiq, moʻynasi qisqa, silliq. Krotsimonlar yaxshi koʻrmaydi; baʼzi birlarining koʻzi teri bilan qoplangan. Eshitish va hid bilish organi yaxshi rivojlangan. 30 dan ortiq turi bor, 12 yoki 18 urugʻga boʻlinadi. Tibet, Xitoy, Yaponiya, Shim. Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yiliga bir marta (bahorda) 4—9 bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 38—40 kun. Asosan, tuproq hayvonlari, jumladan, yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Krotsimonlar yer qazib, tuproqqa havo oʻtishini va suv shimilishini yaxshilaydi. Oʻtloq tuproklarda Krotsimonlar bir yil davomida 160 t ga yaqin tuproqni yer yuzasiga qazib chiqaradi. Ayrim turlari ovlanadi. 2 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x