GEMOSPORIDIOZLAR

GEMOSPORIDIOZLAR — uy hayvonlarining qizil qon tanachalarida va retikuloendotelial sistema hujayralarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali gemposporidiylar qoʻzgʻatadigan kasallik. G. bilan hamma hayvonlar kasallanishi mumkin. Asosan, kanalar orqali yuqadi. Gemosporidiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)da koʻpayib qonni buzadi. Kasal hayvonlar harorati koʻtariladi, mahsuldorligi pasayadi, ichi buziladi. qoni kamayadi, qon aralash siyadi, koʻpchilik hollarda oʻladi. Davosi: G. bilan ogʻrigan hayvonlarga flavakridan, sulfantrol, piroplazmin, gemosporidin, naganin va b. doridarmonlar beriladi. Oldini olish : koʻklam va yoz oylarida kanalarga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar vositasida hayvonlardagi kanalar yoʻqotiladi. Poda kanali yerdan boshqa joyga koʻchiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x