BUXGOLS EKSPEDITSIYASI

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714-y. 22 may farmoni bilan tuzilgan. 1715-y. Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi boʻylab yoʻl olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgols rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi boʻyiga qalʼa qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va daryoning dengizga quyiladigan yerini aniqlash va tadqiq etishdan iborat boʻlgan. Ekspeditsiya 1715-y. okt. da Yamishevo koʻliga yetib borib, uning qirgʻogʻida qalʼa qurishga kirishgan.

1716-y. fev. da 10 ming kishilik qalmoqlar qoʻshini Buxgols ekspeditsiyasiga qoʻqqisdan hujum qilgan. Uch oylik qamal va qalʼada yuqumli kasallik tarqalganidan soʻng, Buxgols omon qolgan qoʻshini (700 kishi) bilan 1716-y. oxirida Tobolskka qaytib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x