VERMIPSILLYOZ

VERMIPSILLYOZ — hayvonlarda Vermipsyllidae oilasiga mansub burgalar paydo kiladigan invazion kasallik. Asosan qoʻy (qoʻzichoqlarda ogʻir kechadi), echki, yosh boʻtaloqlar kasallanadi. Kasal hayvonlarda tez ozib ketish, parcha-parcha jun toʻkilib ketishi, dermatitlar (terining qizarishi, qichishi), anemiya kuzatiladi.

Davosi: sovuq davrda insektitsid dustlar — piretrum, xlorofos va b. ; issiq davrda xlorofos eritmasi, trixlormetafos-3 emulsiyasi purkaladi. Oldini olish: ogʻilxonalarni va chorva hayvonlari turadigan joylarni toza tutish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x