GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis) , Simmonds kasalligi — gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht oldingi boʻlagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay boʻlmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funksional buzilishi; gipotireoz, gipokortitsizm, gipogonadizm bilan ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining yetishmaslik belgilari namoyon boʻladi. Bemor tez orada choʻpustixon boʻlib ozib, tashqi jinsiy belgilari yoʻqolib, soch-kipriklari, hatto tishlari ham tushib ketadi, umuman moddalar almashinuvi izdan chiqadi va kaxeksiya belgilari koʻzga tashlanadi. Ogʻirroq kechganida gipofizar koma kuzatiladi. Davo kasallik belgilariga qarab tayinlanadi. Oldini olish uchun yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish, tugʻruq chogʻida qon ketganda uning oʻrnini toʻldirish choralarini koʻrish zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x