BOYAZID I

BOYAZID I Yildirim (13591403) usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1389—1402), sulton Murodxon I (1359—89) ning toʻngʻich oʻgʻli, sulton Oʻrxon (1326—59) ning nabirasi. Otasi Kosovo jangida halok boʻlgach, 30 yoshida taxtga oʻtirgan. Boyazid I otabobolari siyosatini davom ettirib, tez orada Dunay boʻyi davlatlarini oʻziga boʻysundirdi. Soʻng, Vizantiya imperatori Ioann b-n uning oʻgʻli Andronik oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, … Читать далее

VEKSEL

VEKSEL (nem. Wechsel — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz. U universal toʻlov, kredit va hisob vositasi boʻlib, xalqaro savdoda toʻlov majburiyati; qisqa muddatli (6 oy) tijorat-kredit vositasi; banklararo uzoq muddatli munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov (shuningdek tijorat banki markaziy bankdan … Читать далее

BUVAKI

BUVAKI — xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta ( boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 g. … Читать далее

BRYUSSEL

BRYUSSEL — Belgiya poytaxti. Brabant provinsiyasining maʼmuriy markazi. Senna daryosi boʻyida. Aholisi qariyb 1,22 mln. (1995), asosan flamand va vallonlar, koʻpchiligi katolik. Bryussel 11-a. yilnomalarida ilk bor tilga olinadi. Luven graflari qarorgohi boʻlgan. 12-a. dan Brabant tarixiy viloyatining asosiy iqtisodiy markazi, keyinchalik Flandriya va Burgundiyaning markazi. 15-a. da Niderlandiya tarkibida Gabsburglar hukmronligiga oʻtgan. 1585-y. martda … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

BELFLYOR

BELFLYOR — kechpishar olma navi. AQSHdan keltirilgan. Oʻzbekistonda 19-a. ning oxirlaridan keng tarqala boshlagan. Daraxti oʻrtacha oʻsadi, keng shoxshabbali (18 yillik Belflyorning boʻyi 5 — 7 m, eni 7,5 — 11 m ga yetadi), odatda, shoxlari yerga osilib tushadi. Guli yirik, oq, erta bahorda gullaydi (apr. boshlari). Mevasi yirik (oʻrtacha 150 g), chiroyli, shirin. Pusti … Читать далее

BEKVORDEYSHN

BEKVORDEYSHN (ing. backwardation) — naqs tovarlar narxi muddati kelishilgan tovarlar narxiga, tez fursatda yetkazib beriladigan tovarlar narxlari kechikibroq yetkazib beriladigan tovarlar narxiga nisbatan qimmatroq boʻlgan holat (kontangoning aksi). Mac, fev. da (1 t uchun dollar) naqd bugʻdoy 300, mart oyida yetkazib berilganda — 290, may oyida—280, iyulda—270, avg. da—265, sent. da—250, noyab. da—230 boʻlishi mumkin. … Читать далее

BULUNGʻUR TUMANI

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim. da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan. garbda Toyloq tumani, jan. da Urgut tumani va jan. sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,76 ming km2. Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumanida 1 shahar … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее