BELFLYOR

BELFLYOR — kechpishar olma navi. AQSHdan keltirilgan. Oʻzbekistonda 19-a. ning oxirlaridan keng tarqala boshlagan. Daraxti oʻrtacha oʻsadi, keng shoxshabbali (18 yillik Belflyorning boʻyi 5 — 7 m, eni 7,5 — 11 m ga yetadi), odatda, shoxlari yerga osilib tushadi. Guli yirik, oq, erta bahorda gullaydi (apr. boshlari). Mevasi yirik (oʻrtacha 150 g), chiroyli, shirin. Pusti yaltiroq, silliq, kUkishsariq yoki sariqrangda. Koʻplab qoramtir nuqtachalari Belflyorga oʻziga xos koʻrinish bsrib turadi. Eti och sariq, muloyim, sersuv. Tarkibida 14,4% qand, 0,5% kislota, 0,2% kul moddalar bor. Tuprogʻi unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Koʻchati ekilganidan keyin 4yili hosilga kiradi. Belflyor 12 — 35 yoshida uzluksiz va yaxshi hosil beradi, keyinchalik hosildorligi kamayadi. Oʻzbekistonningtogli va tog oldi r-nlarida (Namangan viloyatida) koʻp ekiladi. Sent. da terilgan olmalari fev. gacha yaxshi saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x