BOYZOQ DODXOH

BOYZOQ DODXOH, Boyzoqbiy (1789—1864) — Avliyoota atrofidagi qozoqlarni boshqarish uchun Qoʻqon xoni tomonidan tayinlangan hokim (dodxoh). Katta juz tarkibidagi duglat qabilasining shimir urugʻidan. Qoʻqon xonligiga qarshi kayfiyatda boʻlgan Boyzoq dodxoh yashirincha oʻgʻli Oqmolda (Oqmulla) botir sarkorligidagi 1000 ta yigitni Avliyoota yaqinida turgan rus qoʻshinlariga yordamga yuborgan (1864). Bundan xabar topgan Qoʻqon xonligi amiri lashkari Alimqul … Читать далее

BIHISHTI

BIHISHTI, Behishti— oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8 — 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200— 250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa … Читать далее

BAROQ

BAROQ, Buroq, Baroq oʻgʻlon (? — 1428) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423—28). Oʻrusxonning nabirasi. Baroq 1419-y. may oyida taxt uchun kurashda koʻmak istab Samarqandga Ulugbek huzuriga kelgan. Ulugʻbek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avg. oxirida oʻzi ham katta qoʻshin bilan safarga chiqib, 5 sent. da Chinoz yonida Sirdaryodan kechib oʻtadi. Dushman (Tugʻa Temur … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VASSARGʻA

VASSARGʻA — oʻrta hamda kechpishar xuraki va vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Oʻzbekistonda chiqarilgan. Oq va kora V. xillari bor. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (16—18 sm), besh boʻlakli, kam kertikli, arra tishli. Oq V. ning uzum boshlari oʻrtacha (boʻyi 13 — 20 sm, eni 6—10 sm), silindr-konussimon, oʻrtacha … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VOLOGDA VILOYATI

VOLOGDA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 23 sent. da tuzilgan. Vologda viloyati vda 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd. 145,7 ming km2. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi — Vologda sh. V. v. ning yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi … Читать далее

BOYSUN TUMANI

BOYSUN TUMANI — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-y. 29 dek. da qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shim. sharkda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, jan. da Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan. gʻarbda Sherobod tumani b-n, shim. gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI — BMT asosiy organlaridan biri, barcha aʼzolarining umumiy yigʻilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga aʼzo hamma davlatlar oʻz vakillariga ega boʻlgan yagona organ. Mazkur vakillar kupi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat … Читать далее