GʻOZQANJIR

GʻOZQANJIR, suv tovugʻi — gʻozqanjirlar urugʻiga mansub qush. Avstraliyadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 35 sm ga, vazni 200— 350 g ga yaqin. Oyoqlari uzun, dumi va tumshugʻi qisqa. Usti qoʻngʻir-sargʻish, yon qismi koʻndalang oq yoʻlli, qorni kulrang, boshi qora, peshonasida qizil dogʻi bor. Chuchuk suv havzalari atrofidagi qamishzor, butazor va oʻtli joylarda yashaydi. Suvda … Читать далее

GʻOʻZA POYA KUYASI

GʻOʻZA POYA KUYASI (R1a1uyeyoga uSeIa .) — oʻyiqqanotli kuyalar oilasiga man-sub tur. Kapalaklarining qanoti yoyilganda 17 mm cha; old qanotlari och jigarrang, orqa qanotlari esa qoʻngʻirroq kulrang boʻlib, uzun hoshiyalar 6-n oʻralgan. Qurti xira oq rangda, uz. 11 mm cha, boshi qoramtir, qalqoni birinchi boʻgʻimda. Gʻumbagi jigarrang, tanasining oxirgi qismida uchi qay-rilgan kalta, yoʻgʻon tikani … Читать далее

GʻOʻZA KUYASI

GʻOʻZA KUYASI, pushtirang qurt — oʻyiq-qanotli kuyalar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan koʻpgina ma:>1lakatlarda tarqalgan; Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda 12—15 mm; oldingi qanotlari bir oz uzunchoq, qoramtir dogʻli och jigarrang, yuqori qismi toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, ochroq tusli koʻndalang yoʻllari bor; orqa qanoti kulrang, keng hoshiyali. Tuxumi choʻziqovalsimon, oppoq, boʻylama yoʻllari yoki … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

BIOGENETIK QONUN

BIOGENETIK QONUN — organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonunga muvofiq tuxum hujayra urugʻlanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm oʻz turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, yaʼni ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi … Читать далее

BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lucosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) oʻrgimchak … Читать далее

BEDA BITI

BEDA BITI, a k a s i ya biti (Aphis craccivora Koch.) — afididlar oilasiga mansub qanotsiz yoki toʻrtta nafis qanotli mayda hasharot. Tanasi 1,3—2,1 mm. Migratsiyalanib toʻla oʻzgarish bilan rivojlanuvchi formalari mavjud. Beda biti tuxum holda beda angʻizi, akatsiya bachkisi, baʼzan yantokda qishlaydi. Lichinkalari mart oyi boshlarida tuxumdan chiqadi. Alr. oxiri va may oyining … Читать далее

BOʻRITISH ILONLAR

BOʻRITISH ILONLAR (Lucodon) suv ilonlar oilasining urugʻi. 16 turi bor. Jagʻida 2—6 yirik egri tishlari boʻladi. Shuning uchun ular «boʻritish» deb ataladi. Jan. Osiyoda koʻp. Oʻzbekiston choʻllarida bitta turi — ola boʻritish (Lucodon striata) uchraydi. Uz. 60 sm cha, usti toʻq jigarrang, och sariq koʻndalang yoʻlli. Qorin tomoni sariq. Tungi hayvon. Iyunning oxirida 2—4 ta … Читать далее

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari … Читать далее

BOTQOQ BALCHIQCHILAR

BOTQOQ BALCHIQCHILAR (Sitova) — balchiqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 4 ta turi mavjud. Shim. yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda katta Botqoq balchiqchilar (L. limosa) va kichik Botqoq balchiqchilar (L. lapponica) deb ataladigan turlari qushlarning bahorgi va kuzgi uchib oʻtishi davrida uchraydi, lekin ularning soni koʻp emas. Botqoq balchiqchilar suvga yaqin joylarda yashaydi, uyasini esa … Читать далее