GʻOʻZA KUYASI

GʻOʻZA KUYASI, pushtirang qurt — oʻyiq-qanotli kuyalar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan koʻpgina ma:>1lakatlarda tarqalgan; Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda 12—15 mm; oldingi qanotlari bir oz uzunchoq, qoramtir dogʻli och jigarrang, yuqori qismi toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, ochroq tusli koʻndalang yoʻllari bor; orqa qanoti kulrang, keng hoshiyali. Tuxumi choʻziqovalsimon, oppoq, boʻylama yoʻllari yoki toʻrsimon naqshi bor. Urgʻochisi 500 tacha tuxum qoʻyadi. Qurti och sargʻish, 12 — 15 mm; boshi va koʻkrak qalqoni sariq. koʻkrak va qorin boʻgʻimlarining usti toʻq pushti rangda. Tanasining ichki qismi pushti rang. Gʻum-bagi qizgʻish jigarrang boʻlib. tuklar bilan qoplangan. Gʻoʻza kuyasining qur-tlari 70 dan ortiq turdagi, asosan gulxayridoshlarga mansub oʻsimliklarni zararlaydi. Qurtlari gʻoʻzaning shona, gul va koʻsaklari bilan oziqlanadi. Gʻoʻza kuyasi tushganda paxta hosili 60—80% kamayadi.

Kurash choralari: karantin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x