BEDA BITI

BEDA BITI, a k a s i ya biti (Aphis craccivora Koch.) — afididlar oilasiga mansub qanotsiz yoki toʻrtta nafis qanotli mayda hasharot. Tanasi 1,3—2,1 mm. Migratsiyalanib toʻla oʻzgarish bilan rivojlanuvchi formalari mavjud. Beda biti tuxum holda beda angʻizi, akatsiya bachkisi, baʼzan yantokda qishlaydi. Lichinkalari mart oyi boshlarida tuxumdan chiqadi. Alr. oxiri va may oyining boshlarida Beda biti oldin akatsiyaga, soʻngra gʻoʻza va b. oʻsimliklarga uchib oʻtadi. Bu oʻsimliklarning bargi dagʻallashgandan soʻng bedaga oʻtadi va dastlabki kuzgi sovuqdan keyinroq tuxum qoʻya boshlaydi. Beda biti yil davomida 12 avlod berib, asosan, yosh va sersuv novdalarda yashaydi.

Kurash choralari: oq akatsiyani ekinzor maydonlar atrofiga ekmaslik; may—iyunda tuproqqa 10 — 15 sm chu-qurlikda donador bazudin yoki fosfamid (40 kg/ ga) solish; gʻoʻzaga fosfamid, rogor, BI58 (1—2 kg/ga) purkash; aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi dalalarga xlorofos, karbofos bilan ishlov berish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x