YONGʻOQ

YONGʻOQ (Juglans regia L.) — yongʻoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yongʻoqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya ya. o., Afgʻonistonda oʻsadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15— 30 m, yoʻgʻonligi … Читать далее

YOʻSINSIMONLAR

YOʻSINSIMONLAR, moxsimonlar (Briopsida) — yuksak oʻsimliklarning bir boʻlimi. Baʼzi olimlar arxegonial oʻsimliklar sinfi deb hisoblaydi. Yoʻsinsimonlarda chin ildiz va oʻtkazuvchi toʻqima boʻlmaydi. Tuban Yoʻsinsimonlar tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Yoʻsinsimonlarda yashil oʻsimlik jinsiy boʻgʻin gametofit, jinssiz boʻgʻin sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir boʻladi. Anteridiyda hosil boʻlgan 2 xivchinli … Читать далее

YOʻLARILAR

YOʻLARILAR, pompilidlar (Rotpilidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub arilar oilasi. Tanasining uz. 3 — 25 mm. 3000 ga yaqin (Oʻzbekistonda 100 ga yaqin) turi maʼlum. Oʻrgimchaklarni ovlaydi. Tuproqqa bitta yoki bir necha kamerali in quradi. Har bir inga urgʻochisi bittadan chaqib falajlangan oʻrgimchak olib kiradi. Har bir oʻrgim chakka bitta yoki bir nechtadan tuxum qoʻyib, inining … Читать далее

YOʻRGʻA TUVALOQ

YOʻRGʻA TUVALOQ (Chlamydotis undulata) — tuvaloqsimonlar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 1,1 kg dan 2,4 kg gacha; qanoti 350—450 mm. Boʻynida uzun patlardan iborat «yoqa» boʻlishi bilan boshqa tuvaloqlardan farq qiladi. Patlari sargʻish qum rangida, boshqarish patlarida qoramtir qoʻngʻir koʻndalang yoʻllarining boʻlishi uni choʻl sharoitida yirtqichlardan pana qiladi. Yerda tez (soatiga 35—40 km gacha) … Читать далее

YOVVOYI OʻRDAK

YOVVOYI OʻRDAK, qizil buyin oʻrdak (Anos platyrhynchus) — oʻrdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kg gacha. Yevropa, Osiyo, Shim. Afrika va Shim. Amerikada yashaydi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida koʻpayadi. Uchib oʻtuvchi qush, lekin koʻpchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq boʻlmagan har xil joylarga in quradi. Apr. dan boshlab … Читать далее

YEXIDNALAR

YEXIDNALAR (Tachyglossidae) — tuxum qoʻyib koʻpayuvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Kalta tum-shuq vauzun tumshuq Yexidnalar urugʻiga boʻlinadi. Birinchi urugʻning 2, ikkinchisining esa 3 turi bor. Ular orasida Avstraliya kalta tumshuq yexidnasi ancha keng tarqalgan. Tanasi katta, uz. 50 sm gacha, usti uchli ninalar bilan qoplangan. Oyoklari kalta va yoʻgʻon, tirnoqlari baquvvat, yer kovlashga moslashgan. … Читать далее

YASHASh UCHUN KURASH

YASHASh UCHUN KURASH — evolyutsion taʼlimotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch. Darvin Ya. u. k. tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurash organizmlarning oʻz hayotini saqlab qolishga hamda oʻz avlodlari hayotini taʼminlashga qaratilgan joriy faoliyati, yaʼni organizmlar oʻrtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Yashash uchun kurash organizmlarning jadal koʻpayishi … Читать далее

YONLAB SUZARLAR

YONLAB SUZARLAR, har xil oyoqlilar (Amphipoda) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 1—2 sm dan 28 sm gacha, koʻpincha ikki yon tomondan siqiq. 1—2 koʻkrak boʻgʻimi boshi bilan qoʻshilib ketgan. 2 juft oldingi koʻkrak oyoqlarida qisqichlari, barcha oyoqlarida jabralari boʻladi. Qorin boʻlimida 3 juftdan ikki shoxli suzgichlari va sakrovchi oyoqlari bor. Sayoz suvda yonida suzadi (nomi … Читать далее

GʻALLA POYA BURGASI

GʻALLA POYA BURGASI — gʻalla ekinlari (arpa, bugʻdoy, ayniqsa, bahori ekinlar) zararkunandasi. Boʻyi 1,6 — 2,8 mm. Rangi qoramtir-bronza tusli, tuxumi bir oz choʻzinchoq. Lichinkasining boʻyi 5 mm ga yetadi, rangi oq. Tana boʻgʻimlari mayda xitin qalqon-chalar bilan qoplangan. Zararkunanda qoʻngʻizlik davrida xazon va begona oʻsimliklar qoldiklari orasida qishlab, mart oyida qishlovdan chiqadi va apr. … Читать далее

GʻOʻZA TUNLAMI

GʻOʻZA TUNLAMI, koʻsak qurti (S1opyoyea o§o1eTa Gʻ. yoki NeIo.1.18 aptp§yega N.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza tunlamining qurti 120 dan ortiq oʻsimlik turini zararlaydi, ayniqsa, Tojiknston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 30—40 mm; oldingi qanoti kulrang sariq, buyraksimon, yumaloq dogʻli, orqa qanoti sargʻimtiroq, qoʻngʻir hoshiya-li, oʻrtasida toʻq … Читать далее