YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YUSUF VA AHMAD

«YUSUF VA AHMAD» — oʻzbek xalq dostoni. 16—17-asrlarda Xorazmda yaratilgan. Doston dastlab ogʻzaki anʼanada yaratilgan boʻlib, keyinchalik (18-asr) turkman shoiri Qurbonali Maʼrufiy qalamiga mansub yozma varianti yuzaga kelgan. Dostonning ogʻzaki variantlari xalqchil gʻoyalarni oʻz holicha saqlab qolganligi bilan alohida ajralib turadi. Asarda oʻzbek xalqining qahramonlik, sevgisadoqat, yordiyor mehri, tinchlik uchun kurash gʻoyalari ifodalangan. Doston turkman, … Читать далее

YENA UNIVERSITETI

YENA UNIVERSITETI — Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti — Germaniyadagi yirik un-tlardan biri. 1558-y. Yenadagi akad. gimnaziya negizida tashkil qilingan. Falsafa va tarix, filol., iqtisodiy kibernetika, ped., adabiyot va sanʼat, tibbiyot, biol., kimyo, fizika, mat., texnologiya, xuquq, teologiya, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 5 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Un-t kutubxonasila (1558-y. tashkil etilgan) 2,5 mln. … Читать далее

YUNUSOV Mahmudali Yunusovich

YUNUSOV Mahmudali Yunusovich (1918.10.7 Toshkent — 1985.9.10) — adabiyotshunos. Filol. fanlari d-ri (1967). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1941). Oʻrta maktab oʻqituvchisi (1941—43), Urganch (1944—45), Buxoro (1947—50) ped. instituti va SamDU katta oʻqituvchisi, dotsent (1951—59), Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida boʻlim mudiri (1967—72), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta … Читать далее

YUSUF SARYOMIY

YUSUF SARYOMIY (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻtli) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlogʻi — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan («Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf»). Yu. S. xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, … Читать далее

YAVA TILI

YAVA TILI — avstronez tillaridan biri. Asosan, Yava orolining markaziy va sharqiy hududlarida, qisman Malayziya, Singapur, Avstraliya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 90 mln. ga yaqin kishi (20-asrning 90-y. lari oʻrtalari). Yava tilining fonetik tarkibi 6 unli (a, 1, ye, i, o, d) va 20 undoshdan tashkil topgan; oʻzbek tilidagiga oʻxshash q undoshi … Читать далее

YAHUDIY YOZUVI

YAHUDIY YOZUVI — oromiy yozuviaan kelib chiqqan gʻarbiy som yozuvining bir tarmogʻi; ivrit, idish, ladino (yahudiy ispan) va boshqalar tillarda soʻzlashuvchi qadimiy va hoz. yahudiylarning yozuvi. «Yahudiy kvadrat yozuvi» (Yozuvning bunday nomlanishi belgi, harflarga kvadrat shaklini berishga intilish bilan bogʻliq) deb ataluvchi bu yozuvda qadimiy yahudiy tilida, shuningdek, ivrit, idish kabi zamonaviy yahudiy tillarida boy … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

GʻAFUR GʻULOM

GʻAFUR GʻULOM (taxallusi; asl nomi Gʻulomov Gʻafur) (1903.10.5 — Toshkent — 1966.10.7) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1963). Oʻzbekiston FA akad. (1943). Toshkent sh. da Qoʻrgʻontegi mahallasidagi eski maktab va mad-rasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) oʻqigan. Mustaqil hayot yoʻlini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashgʻul boʻlgan. Oʻqituvchilarni tayyorlash kurslarini … Читать далее

DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI

DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI — Yevropadagi eng qad. FAlardan biri. 1603-y. Italiyaning Rim sh. da tashkil etilgan (1630—1795, 1840—47, 1939—44 y. larda yopilgan). Italiya milliy FAlarining eng yirigi. Akademiyaning asosiy vazifasi Italiyada sanʼat, adabiyot va fanni rivojlantirishga kumaklashish. Akademiya i. t. larni muvofiklashtiradi, milliy va xalqaro miqyosda ilmiy kongress, simpozium va konferensiyalar tashkil qiladi, chet … Читать далее