DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI

DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI — Yevropadagi eng qad. FAlardan biri. 1603-y. Italiyaning Rim sh. da tashkil etilgan (1630—1795, 1840—47, 1939—44 y. larda yopilgan). Italiya milliy FAlarining eng yirigi. Akademiyaning asosiy vazifasi Italiyada sanʼat, adabiyot va fanni rivojlantirishga kumaklashish. Akademiya i. t. larni muvofiklashtiradi, milliy va xalqaro miqyosda ilmiy kongress, simpozium va konferensiyalar tashkil qiladi, chet el akademiyalari, ilmiy markazlari, in-tlari va alohida yirik olimlar bilan aloqa bogʻlaydi. J. Della Porta, G. Galiley dastlabki aʼzolari boʻlishgan. 160 dan ortik, aʼzosi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x