YUNUSOV Mahmudali Yunusovich

YUNUSOV Mahmudali Yunusovich (1918.10.7 Toshkent — 1985.9.10) — adabiyotshunos. Filol. fanlari d-ri (1967). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1941). Oʻrta maktab oʻqituvchisi (1941—43), Urganch (1944—45), Buxoro (1947—50) ped. instituti va SamDU katta oʻqituvchisi, dotsent (1951—59), Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida boʻlim mudiri (1967—72), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim (195967; 197385). Asosiy ilmiy ishi oʻzbek sheʼriyatida traditsiya va novatorlik muammosiga bagʻishlangan. Gʻ. Karimov, S. Qosimov, S. Aliyevlar bilan hamkorlikda «Oʻzbek adabiyoti tarixi» darsligini yaratgan (1950). Oliy oʻquv yurtlari uchun «Oʻzbek adabiyotidan metodik qoʻllanmalar»ni tuzgan (1955). «Komil Xorazmiy» (1960), «Oʻzbek poeziyasida Nekrasov traditsiyalari», «Traditsiya va novatorlik problemasi» (1965), «Barhayot anʼanalar» (1969), «Saxiy qalamlar» (1975) kitoblarida oʻzbek adabiyotida kam oʻrganilgan muhim masalalar ishlab chiqilgan. 4 kitobdan iborat shoʻro davri oʻzbek adabiyoti tarixi (3 j. li, 1967—71), «Adabiyot nazariyasi» (2j. li), 2 jildli tanqid tarixini yaratishda (1987) faol ishtirok etgan. Yunusov oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalari (Navoiy, Munis, Furqat va boshqalar) ijodini oʻrganish bilan birga 20-asr adabiyotida adabiy anʼanalar va novatorlik, mumtoz va hoz. zamon sheʼriyatida ruboiy, adabiy tanqidning tili singari nazariy masalalarni tadqiq etgan. Elbek, Botu, Sh. Sulaymon kabi qatagʻon etilgan yozuvchilar hayoti va ijodini birinchilardan boʻlib oʻrgangan va ular nomini roʻyobga chiqarishga salmoqli hissa koʻshgan.

As: Hayot nafasi [Adabiytanqidiy maqolalar], T, 1981; Bolalar qalbining bayrami, T., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x