BEDIL

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod sh. — 1721, Dehli) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Ota-bobosi kesh (shahrisabz)lik, turkiy bar-los urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685-y. dan umrining oxirigacha Dehpida yashagan. Fors tilida ijod … Читать далее

VOYAGA YETMAGANLAR

VOYAGA YETMAGANLAR — amaldagi OʻzR qonunchiligiga koʻra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar. Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasi — davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi. OʻzR Konstitutsiyasida fuqarolar kabi Voyaga yetmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulqdor boʻlish kabi huquqlari taʼminlangan (36,40,41-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasi FKda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati belgilangan, ular … Читать далее

VLADIKAVKAZ

VLADIKAVKAZ (osetincha Dzaujikau) (1931—44 va 1954—90 y. larda Orjonikidze, 1944—54 y. larda Dzaujikau) — RF dagi shahar (1860-y. dan). Shim. Osetiya poytaxti, Terek daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 325 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik va b.), rangli metallurgiya, kimyo, shisha, yogochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Shim. … Читать далее

VENESUELA

VENESUELA (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (La Republica Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim. dan Karib dengizi va Atlantika okeani bilan oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug, 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan. Davlat tuzumi. Venesuela — federativ respublika. … Читать далее

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

GALILEI

GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza – 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. Galilei aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza un-tiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat. sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, Galilei tibbiyotdan voz … Читать далее

GULISTON UNIVERSITETI

GULISTON UNIVERSITETI, Gʻafur Gʻulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. OʻzR Prezidenti farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Sirdaryo ped. in-ti (1966-y. asos solingan) negizida Guliston sh. da tashkil etilgan. 1966 yil 17-iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Un-tda filol., fizikamat., tarix, ped., tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim f-tlari, 23 kafedra, 19 … Читать далее

GUL POCHO ULFAT

GUL POCHO ULFAT (1909, Lagʻmon – 1977, Kobul) — afgʻon shoiri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. Pashtu (afgʻon) va forsi-kobuliy (dariy) tillarida ijod qilgan. Afgʻon akademiyasi adabiyot boʻlimi mudiri (30-y. lar 2-yarmi), prezidenti (1956—62). Sheʼriy («Afgʻon qoʻshiqleri», 1946; «Saylangan sheʼrlar», 1954 va b.), nasriy («Tanlangan hikoyalar», 1957 va b.) va adabiyotshunoslikka doir («Yozuvchilik mahorati», 1961 … Читать далее

BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI

BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI (1878 Nurota tumani Qoʻtir qishlogʻi — 1956) — oʻzbek xalq baxshisi. Dostonlarni oʻzbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida kuylay olgan. Hatto Nurota tojiklari orasida dostonlarni tojik tilida kuylaganligini ham nakl qiladilar. Bekmurod joʻraboy oʻgʻli repertuarini oʻrganish oʻtmishda Nurota tumani markazi va uning shim. da oʻziga xos dostonchilik maktabi boʻlganligini koʻrsatadi. Xalq dostonlarini bir … Читать далее