YUSUF SARYOMIY

YUSUF SARYOMIY (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻtli) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlogʻi — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan («Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf»). Yu. S. xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan.

Shoir sheʼrlari hayotligida «Bayoz» (1893), «Armugʻoni Xislat» (1911), «Bayozi Muhallo» (1912), «Bayozi Haziniy» (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914 yil Tavallo Yu. S. sheʼrlarini toʻplab, «Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy» nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti (inv. №117, 118, 119, 120, 6028, 9072) va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyi (inv. №1720, 2185, 728, 799) da saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.

Sayram tarixi haqidagi xilmaxil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan «Risola»ni Yusuf Saryomiyga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari («Yaliyali» kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yusuf Saryomiy nomida koʻcha va maktab bor.

As: Tanlangan asarlar, T., 2002.

Ad.: Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy [3j. li], 2j., T., 1998; Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz…, T., 1998.

Begali Qosimov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x