VOQELIK

VOQELIK — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obyektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida Voqelik turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-a. faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V. ni fazo va vaqtda» mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. Voqelikni … Читать далее

GENOTIP

GENOTIP (gen va yun. typos — iz, shakl) — muayyan organizm xromosomalari va sitoplazmasidagi barcha genlar majmui. «Genotip» terminini fanga daniyalik biolog V. Yogansen kiritgan (1909). G keng maʼnoda organizm xromosomalaridagi, shuningdek xromosomalardan tashkari (sitoplazma va plastida)dagi genlarni ham qamraydi. Genotip oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan genlarning yagona sistemasi hisoblanadi va undagi har bir genning funksional faoliyati … Читать далее

VAHDONIYAT

VAHDONIYAT (arab. — yakkalik, yagonalik) — Allohning yakka-yagonaligini tanish va eʼtirof etish. Islomning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik gʻoyasini ximoya qilsa ham, bu dinlarda uzil-kesil shakllanmadi. Qurʼonda aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygʻambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning oʻgʻli deb eʼtiqod qilinadi (9:30). Vahdoniyat «Ixlos» surasida yaqqol va ravshan bayon qilingan. «Anbiyo» surasida esa … Читать далее

GARMSER

GARMSER, Dashtiston — 1) Eron jan. va Pokistonning gʻarbida joylashadi choʻl. Ummon qoʻltigi va Hoʻrmuz boʻgʻozi sohilida, Zagros va Makron togʻlari etagida. Eni 80 km. gacha, uz. 1000 km dan ziyod, Garmser dengiz boʻyi payettekisligiga oʻtib boruvchi, baʼzi joylari botqoqlashgan qiya prolyuvial tekislikdan iborat. Sohilboʻyi qismi bir necha qator qum tepalardan tashkil topgan. Ularni tor … Читать далее

BITIK

BITIK — 1) tor maʼnoda — yozuv, xujjat. Bitiklar turli hajmda boʻlgan. Ular kdd. turk davriga (eng qad. davrdan 2-a. gacha) mansub boʻlib, turkiy tildagi yozma yodgorliklarni va b. tillardan qad. turkiy tilga qilingan tarjima asarlarni oʻz ichiga olgan. Eng katta B. Moyun 80 qatordan iborat. Turkiy Bitiklar UrxunEnisey, uygʻur, sugʻd, moniy, suryoniy yozuvlarida bitilgan. … Читать далее

GIDROPONIKA

GIDROPONIKA (gidro… va yun. ponos — mehnat, ishlash) — oʻsimlikni tuproqsiz, sunʼiy muhitda oʻstirish. Gidroponikaning bir necha usuli bor. Oʻsimlikni mayda shagʻal yoki qumda oʻstirish usuli koʻproq qoʻllaniladi. Shagʻal yoki qum solish uchun chuq. 25—30 sm, eni 80 sm va uz. 240 sm li yassi oxur tayyorlanadi, ichiga oziq moddalar aralashtirilgan suv kelib turishi uchun … Читать далее

BARABAN

BARABAN — urma cholgʻu asbob. Sadolari muayyan baland-pastlikka ega emas. Gardishi metall yoki yogʻochdan yasaladi. Bir yoki har ikki tomoniga teri qoplanadi. Baraban ikki xil boʻladi: 1) kichik Baraban, tirillama-rez tovush hosil qilish uchun bir tomonidagi teri tagidan 2 — 3 (konsert B. da — 4 — 10) tor tortiladi. Yumaloq uchli ikkita choʻp bilan … Читать далее

GRADUS TOʻRI

GRADUS TOʻRI (Yerning gradus toʻri) — geografik xarita va globuslarda meridianlar va parallellarning kesishishidan hosil boʻlgan toʻr. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar — uzunliklar va kengliklarni aniqlashga yoki xaritaga koordinatalar boʻyicha obyektlarni tushirishga xizmat qiladi. Muayyan meridianning barcha nuqtalari bir uzunlikka, parallelning hamma nuqtalari esa bir xil kenglikka ega boʻladi. Пост Навигацияси

BOʻGʻOZ

BOʻGʻOZ — 1) okean, dengiz, koʻlni va ularning ayrim qismlarini bir-biri b-n qoʻshib turadigan kambar suv yoʻlagi. Maye, Bering B. Shimoliy Muz okeanini Tinch okean b-n, BobulMandab Boʻgʻoz Qizil dengizni Hind okeani bilan qoʻshib turadi va h. k. ; 2) quruqlikda — togʻ oraligʻidagi tor yoʻl, oʻtkil. Пост Навигацияси

BOʻOʻM DARASI

BOʻOʻM DARASI — Qirgʻiziston Respublikasidagi chuqur tor dara. Qirgʻiziston Olatovi bilan Kungay Olatovi orasida. Boʻoʻm darasidan Chuy daryosi oqib oʻtadi. Uz. 30 km. Dengiz sathidan 1500 m balandlikda. Boʻoʻm darasi 10—11 a. larda Jilariqdeb atalgan. Mahalliy aholi B. d. ni Ulan deb ataydi. Boʻoʻm mongol tilida «tor dara» demakdir. Bu soʻzdan tuzilgan joy nomlari Sibirda … Читать далее