BARABAN

BARABAN — urma cholgʻu asbob. Sadolari muayyan baland-pastlikka ega emas. Gardishi metall yoki yogʻochdan yasaladi. Bir yoki har ikki tomoniga teri qoplanadi. Baraban ikki xil boʻladi:

1) kichik Baraban, tirillama-rez tovush hosil qilish uchun bir tomonidagi teri tagidan 2 — 3 (konsert B. da — 4 — 10) tor tortiladi. Yumaloq uchli ikkita choʻp bilan chalinadi; 2) katta Baraban, tovushi gumburlaydi, yoʻgʻon, yaʼni past boʻladi. Uchiga yumaloq kigiz qoplangan choʻptayoqcha b-n chalinadi. Baraban lardan simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, shuningdek jaz va estrada ansambllarida foydalaniladi. Oʻzbekistonda, ayniqsa, Fargʻona vodiysida dor oʻyinlari, turli tomoshalar hamda tantanali marosimlarda qatnashadigan surnay, karnay va nogʻoradan iborat anʼanaviy ansambl tarkibidagi koʻs hamda qoʻsh nogʻora oʻrniga koʻproq 20 – a. boshidan katta va kichik Barabanlar ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x