GENOTIP

GENOTIP (gen va yun. typos — iz, shakl) — muayyan organizm xromosomalari va sitoplazmasidagi barcha genlar majmui. «Genotip» terminini fanga daniyalik biolog V. Yogansen kiritgan (1909). G keng maʼnoda organizm xromosomalaridagi, shuningdek xromosomalardan tashkari (sitoplazma va plastida)dagi genlarni ham qamraydi. Genotip oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan genlarning yagona sistemasi hisoblanadi va undagi har bir genning funksional faoliyati genetik muhitga bogʻliq. Genotip organizm muhiti bilan oʻzaro taʼsirga kirishib, belgining fenotipik namoyon boʻlishini taʼminlaydi. Mas, gʻoʻzaning antotsian rangini Rp — gr geni (ingliz. Red plant — qizil rangli oʻsimlik) nazorat qiladi (q. Antotsianlar). Bu belgining fenotipik namoyon boʻlishiga gendan tashqari tashqi muhit omillari, jumladan quyosh nuri ham taʼsir koʻrsatadi. Yoritilganlik darajasiga qarab bir xil Genotip li (Rp Rp) oʻsimliklarda belgining fenotipik namoyon boʻlish darajasi turlicha boʻlishi mumkin. Demak, Genotip organizm reaksiya normalari irsiylanishini belgilaydi. Genotip tor maʼnoda faqatgina organizmdagi maʼlum bir belgi rivojlanishini nazorat qiluvchi genlar guruhini yoxud ayrim genlarni bildiradi. Mas, gʻoʻzada Genotip simpodiya tiplari boʻyicha SS, Ss (cheklanmagan), ss (cheklangan); barg shakli boʻyicha — 0101 (kertikli), 01 ol (oraliq shaklda), ol o! (chetlari tekis oddiy shaklda) koʻrinishida belgilanadi. Har ikki belgi boʻyicha esa Genotip — SS0101, ss ol ol, ss 0101 va b. shakllarda ifodalanadi.

Sharifjon Turabekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x