YOGʻOCH

YOGʻOCH — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va b. organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi. Yogʻoch massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yogʻoch daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli … Читать далее

YORUGʻLIKNING YUTILISHI

YORUGʻLIKNING YUTILISHI — muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muxit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yutilgan yoruglik kvanti yutuvchi muxit elektronlari bilan oʻzaro taʼsirlashib, energiyasini ularga uzatadi. Demak, yorugʻlik yutilsa, uning intensivligi kamayadi; intensivlik kamayishi quyidagicha ifodalanadi: 1=10e~»x. Buger—Lambert—Ber konunitz. asosan yorugʻlik intensivligi yutuvchi … Читать далее

YORUGʻLIKNING SOCHILISHI

YORUGʻLIKNING SOCHILISHI — muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yorugʻlikning sochilishi sta sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yorugʻlikning sochilishi asosida molekulalar, suyukliklar va h. k. ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning … Читать далее

YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

VAKUUM-FILTR

VAKUUM-FILTR — tarkibida muallaq qatgiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovchi material paxta, jun, asbest yoki shisha gazlamadan tayyorlanadi. Tozalash jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovchi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir boʻladi. Davriy va uzluksiz ishlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va b. xillari bor. V.-f. kimyo sanoati, tibbiyot va b. tarmokdarda … Читать далее

VAKUUM

VAKUUM (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. Vakuum tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning Vakuum dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami b-n gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning … Читать далее

BEREZNIKI

BEREZNIKI (1933-y. gacha UsolyeSolikamskoye) — RF Perm viloyatidagi shahar (1932-y. dan). Kama suv ombori sohilidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-a. dan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kime sanoati markazi («Uralkaliy», «Soda», «Azot» i. ch. birlashmalari, kimyo z-di va b.), titanmagniy k-ti, elektrotexnika, metallsozlik, … Читать далее

VITEBSK VILOYATI

VITEBSK VILOYATI — Belorussiyaning shim.-sharqidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv. da tuzilgan. Vitebsk viloyatida 19 shahar va 26 shaharcha bor. Mayd. 40,1 ming km2. Aholisi 1434,7 ming kishi (1999), asosan beloruslar, shuningdek rus, ukrain, polyak, yahudiy va b. ham yashaydi Markazi — Vitebsk sh. Yer yuzasi asosan tekislik, qator tepalar va ular orasida botqoklashgan pastliklar … Читать далее

VINIPLAST

VINIPLAST — polivinilxlorid asosida olingan, tarkibida plastifikator boʻlmagan plastik massa. Polivinilxloriddan tashqari, Viniplast tarkibiga stabilizatorlar va qayta ishlashni osonlashtiruvchi moddalar kiradi. Baʼzan Viniplast tarkibiga boʻyoqlar (rangli buyumlar olishda), toʻldirgichlar (tannarxini arzonlashtirish, fizik-mexanik xossalarini oʻzgartirish maqsadida) va modifikatorlar (baʼzi xossalarini yaxshilash uchun) qoʻshiladi. Viniplastni qayta ishlash usullari olinayotgan buyum turiga bogʻliq. Viniplast — yonmaydigan, hidsiz, termoplastik … Читать далее