BOYL

BOYL (Boyle) Robert (1627.25.1, Lismor, Irlandiya — 1691.31.12, London) — ingliz kimyogari va fizigi. London Qirollik jamiyati taʼsischilaridan biri. Kimyoviy elementning ilmiy taʼrifini bergan, kimyoga eksperimental usulni kiritgan, kimyoviy analizga asos solgan. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Boyl «Kimyoskeptik» kitobida kimyo asl boʻlmagan metallarni oltinga aylantirish, shuningdek dorilar tayyorlash usullarini izlash bilan emas, … Читать далее

VAKUUM NASOSI

VAKUUM NASOSI — vakuum hosil qilish va uni tutib turish maqsadida berk hajm (idish)dan gaz (havo) yoki bugʻni soʻrib oladigan qurilma. Gaz (havo)ni tashqariga chiqarib tashlaydigan oqimli hamda gaz (havo)ni yutadigan sorbsion xillari boʻladi. Oqma V. n. oʻz navbatida mexanik va oqimli xillarga boʻlinadi. Mexanik Vakuum nasosiga plastinka-rotorli, plastinka-statorli, zolotnikli, moyli forvakuumlar va molekulyar Vakuum … Читать далее

GERMETIKLAR

GERMETIKLAR — polimerlar yoki oligomerlar asosida hosil qilinadigan germetizatsiyalovchi tarkiblar. Boltli, parchin mixli va b. birikmalarning tirqishlari va choklarini zich berkitish maqsadida surkaladigan pastasimon yopishqoq moddalar. Germetiklar yuqori darajada elastik, mustahkam, issiq va sovuqqa, namga, ionlashtiruvchi nurga chidamli, baʼzi hollarda izolyatsion xossalarga ega boʻlishi kerak. Germetiklar olishda kauchuklar (asosan polisulfid yoki kremniyorganik suyuq kauchuklar, butadiyen, … Читать далее

VORONEJ

VORONEJ — RFdagi shaxar, Voronej viloyatining markazi (1934-y. dan). Yirik t. y. tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish z-di, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, … Читать далее

VIRGINIYA

VIRGINIYA, Virjiniya — AQSH ning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond sh. V. ning gʻarbida bal. 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. … Читать далее