VAKUUM

VAKUUM (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. Vakuum tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning Vakuum dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami b-n gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning siyraklashganlik darajasiga qarab oʻta yuqori, yuqori, oʻrta (forvakuum) va past Vakuumga boʻlinadi. Oʻta yuqori Vakuumga 10 mk Pa dan past, yuqori Vakuumga 0,1 dan 10 mk Pa gacha, oʻrta Vakuumga 100 dan 0,1 Pa gacha, past Vakuumga 100 Pa dan yuqori bosim sohasi toʻgʻri keladi. Yuqori Vakuum dagi atmosfera bosimidagi gazlarga nisbatan butunlay boshqa xossalarga ega boʻladi. Yuqori Vakuumda gaz molekulalari idishning issiq va sovuq devorlari bilan toʻqnashishi natijasida issiklik oʻtkazish jarayoni roʻy beradi. Issiqlik oʻtkazish tezligi gaz bosimiga, t-ralar farqiga va devorlar orasidagi masofaga bogʻliq emas. Vakuum li idishlarning teshiklaridan oʻtayotgan gaz mikdori bosim (tashki bosim bilan idish ichidagi bosim) farqiga bogʻliq, oʻrtacha bosimga bogʻliq emas. Yuqori Vakuumda molekulalar toʻqnashmaydi, shu sababli, yuqori Vakuum li idishda molekulalar dastasini hosil qilish mumkin. Yuqori Vakuum li idishga zaryadli zarralar kiritilganda idish orqali elektr toki oʻtadi. Mas., tok oʻtishga qattiq jismlardagi termoelektron emissiya, avtoelektron emissiya, fotoeffekt va b. hodisalar tufayli zaryadli zarralar chiqishi sabab boʻladi. Past, oʻrta va yuqori Vakuum hosil qilish uchun forvakuum mexanik nasoslar, yuqori Vakuum nasoslari va oʻta yuqori Vakuum nasoslari ish-latiladi. Oʻta yuqori Vakuum (magnitli) elektr zaryad nasoslar, gitterion nasoslar, adsorbsion nasoslar yordamida olinadi. Vakuum manometr va vakuummetrlar bilan oʻlchanadi. Elektr vakuum asboblar (mas. radiolampalar, elektron-nur trubkalari, rentgen trubkalari, fotoelementlar va h. q.) ishlab chikarishda Vakuumning muhim ahamiyati bor. V. kimyo sanoati, metallurgiya, kvars shisha i. ch., oziq-ovqat hamda toʻqimachilik sanoati va b. sohalarda keng tatbiq qilinadi (q. Vakuum texnikasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x