BARELI

BARELI, Bareyli — Shim. Hindistondagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Ramganga daryosi boʻyida. Aholisi 583 ming kishi (1991). Oziqovqat, kimyo va toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Trikotaj buyumlar, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. Shaharga 1537-y. da asos solingan. Пост Навигацияси

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

BIOKIMYO

BIOKIMYO, biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. B. rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa boʻlinib ketdi. Statistik Biokimyo (kimyoviy topografiya) organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularni tashkil etuvchi moddalarning kimyoviy tuzilishini; dinamik B. organizmhujayralari va toʻqimalari tuzilishi va yangilanib turishi uchun zarur murakkab organik moddalarning sintezlanishi (assimilyatsiya)ni, shuningdek … Читать далее

BILBAO

BILBAO (Bilbao) — Ispaniya shim. dagi shahar. Basklar mamlakatida, Biskay provinsiyasining maʼmuriy markazi. Nervyon daryosi boʻyidagi yirik port va t. y. tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi 369 ming kishi (1991), shahar atrofi bilan birga 950 mingdan ortiq. Mamlakatdagi qora metallurgiya sanoatining muhim markazlaridan. Bilbao atrofida temir rudasiga boy konlar koʻp. Mashinasozlik (kemasozlik), elektrotexnika, kimyo (azot … Читать далее

GALIMULLINA Ilira Xayrulovna

GALIMULLINA Ilira Xayrulovna (1945.16.6, Nukus sh.) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). ToshDUning kimyo f-tini tugatgan (1968). 1968-y. dan Kegayli tumani, Taxiatosh sh. maktablarida kimyo oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari. 1986-y. dan Taxiatosh sh. dagi 1-maktab direktori. Galimullina yosh avlodni tarbiyalashda oʻzi boshqargan pedagogik jamoa bilan rejali ish olib bormoqda, oʻquvchilarning bilim saviyasi yildan-yilga yaxshilanmoqsa. 1998/99 … Читать далее

BIHAR

BIHAR — Hindistonning shim. sharqidagi shtat. Nepal bilan chegaradosh. Mayd. 174 ming km2. Aholisi 86,3 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Patna sh. B. ning shim. qismi HindGang tekisligida, jan. esa ChxotaNagpur togʻligining sharqiy qismida (1000 m dan baland) joylashgan. Iqlimi tropik, musson iqpim. Qishi quruq, yozi seryogʻin. Oʻrtacha yillik yogin 1000 mm. … Читать далее

GIDROLIZ

GIDROLIZ (gidro… va yun. lysis — ajralish, parchalanish) — moddalar b-n suv oʻrtasida oʻzaro taʼsir natijasida turli birikmalar (kislota, asos va b.) hosil boʻlishi, jumladan (tuzlarda) ion almashinuv reaksiyasi. Gidrolizni qoʻyidagi umumiy tenglama bilan koʻrsatish mumkin: A-V+N-ON «± A-N+V-ON, bu yerda A—V — gidrolizlanuvchi modda (tuz), A—N (kislota). V—ON (asos) — gidroliz mahsuloti. Gidroliz anorganik … Читать далее

YEKATERINBURG

YEKATERINBURG (1924-91 y. larda Sverdlovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar. Muhim sanoat, madaniy va ilmiy markaz. Iset daryosi (Tobol irmogʻi)ning har ikki sohilida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 1272 ming kishi (1997). Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi («Uralmash», «Uralximmash», «Ural elektrotyajmash», «Turbomotor zavodi» va boshqa i. ch. birlashmalari, burgʻilash va metallurgiya sanoati uchun jihozlar, transport mashinasozligi, podshipnik … Читать далее

YUNUSOV Sobir Yunusovich

YUNUSOV Sobir Yunusovich (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari d-ri (1949), prof. (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston FA Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi lab. mudiri (1943—87), ayni vaqtda in-t direktori … Читать далее

YOQILGʻI BALANSI

YOQILGʻI BALANSI — mamlakat miqyosida har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Oʻzbekiston yoqilgʻienergetika resurelarida yoqilgʻi hissasi 99,2% ni tashkil qiladi (2000). 20a. boshlarida Oʻzbekistonning Yoqilgʻi balansida oʻtin va qisman neft (oz daraja toshkoʻmir) asosiy oʻrinni egallagan. 20a. ning 50y. lari oʻrtalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va … Читать далее