BEREZNIKI

BEREZNIKI (1933-y. gacha UsolyeSolikamskoye) — RF Perm viloyatidagi shahar (1932-y. dan). Kama suv ombori sohilidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-a. dan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kime sanoati markazi («Uralkaliy», «Soda», «Azot» i. ch. birlashmalari, kimyo z-di va b.), titanmagniy k-ti, elektrotexnika, metallsozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 16 asrdayoq tuz olingan. 1883-y. da Rossiyada birinchi soda z-di qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x