PULPA

PULPA — 1) tishning yumshoq toʻqimasi. Har bir tish oʻrtasidagi boʻshliqni toʻldirib turadi. Tishni qon bilan taʼminlaydigan kon tomirlari, limfa tomirlari va nerv tolalaridan tashkil topgan; P. da tishdagi qattiqtoʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odon-toblastlar bor. 2) taloqnsnt asosiy massasi; retikulyar toʻqimadan tuzil gan. Пост Навигацияси

MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus

MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hoz. Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Soʻz soʻrayman» (1955). Doston («Yigirmanchi bahor», 1956; «Qon va kul», 1960; «Devor», 1965) va dramatik dostonlariga («Mindaugas», 1968; «Ibodatxona», 1971; «Majvidas», 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. «Publitsistik doston» (1963), «Donelaytis» (1964) dostonlari, «Gʻallakor … Читать далее

MIKOZLAR

MIKOZLAR (yun. mykes — zamburugʻ) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Mikozlarda patogen zamburugʻlar sporasi yoki mi-seliyttg bir qismi qulay sharoitda toʻqimaga tushib, uning ichiga kirib koʻpayadi. Kasallikning yashirin davri bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin. Koʻpincha, teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi — dermatomikozlar (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya va b.); oʻpka jarohatlanganda … Читать далее

PULS

PULS (lot. pulsus — turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi; kengayib, torayishi. Arterialvenoz va kapillyar Puls tafovut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi Pulsi eng katta amaliy ahamiyatga ega. Sogʻlom kishilarda Pulsning tezligi yurak qisqarishi tezligiga moye boʻlib, bir min. da 60—80-marta tomir urishiga teng. Yurakning bir min. da 90 mar-tadan ortiq … Читать далее

PIROPLAZMOZ

PIROPLAZMOZ — qoramol, ot, choʻchqa va itlarda uchraydigan invazion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qoʻzgʻatuvchisi oraliq xoʻjayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida koʻpayadi. Piroplazmozni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariklik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo boʻladi. Echki va qoʻylarda babezioz bilan bir vaktda … Читать далее

PARODONTOZ

PARODONTOZ (para… va yun. odontos — tish) , alveolyar pioreya — tish atrofidagi toʻqimalar (parodont) ning surunkali yalligʻlanishi, alveolyar oʻsimtalar (tish katakchalari) atrofiyalanadi va oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi. Oʻrta va katta yoshdagi kishilar, baʼzan yoshlar, hatto bolalarda ham uchraydi. P: parodont to-mirlari va nervlarining buzilishi yoki kasallanishi natijasida tish atrofidagi toʻqimalarning qon b-n yetarli … Читать далее

MASSAJ

MASSAJ (arab. — qoʻl tegizmoq) — davolash usuli; tana yoki biror aʼzoga maxsus usulda taʼsir etish. Qoʻl bilan bajariladi, baʼzan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). Massajning organizmga taʼsir mexanizmida nerv va gumoral omillar muhim rol oʻynaydi. Massaj taʼsirida terida biologik faol moddalar hosil boʻlib qonga tushadi, ular tomir reaksiyalarida, nerv impulslarini oʻtkazishda va b. da katnashadi. Massaj … Читать далее

MALPIGI

MALPIGI (Malpighi) Marchello (1628.10.3, Krevalkore – 1694.30.11, Rim) — italiyalik biolog va vrach. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Tibbiyot d-ri (1653-y. dan), prof. (1656—91). Mikroskopda oʻsimlik va hayvonlar anatomiyasini oʻrganib, ularning hujayradan tuzilganligini taʼriflab berdi. Oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va hasharotlar talogʻining limfa tanachalari, buyrak chigallarini, chiqarish organlarini (q. Malpigi naychalari), terining oʻsish qavatini, shuningdek, oʻpka alveolalari, tildagi … Читать далее

PULPIT

PULPIT — tish boʻshligʻini toʻldi-rib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima — pulpanchng yalligʻlanishi. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shuningdek, tishni qon b-n taʼminlaydigan kon tomirlarning jarohatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yalligʻlanish roʻy beradi. Turli ki-myoviy moddalar taʼsirida (har xil kislotalar ishlatiladigan korxonalarda ishlaydigan kishilarda) ham Pulpit paydo boʻlishi mumkin. Kasallik koʻpincha toʻsatdan … Читать далее

PROTEINOTERAPIYA

PROTEINOTERAPIYA (yun. protos – birinchi va terapiya) — immunoterapiya turi. Davo maqsadida teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga oqsilli moddalar (mas, sut, zardob va b.) yuborish. Proteinoterapiya koʻpincha surunkali infeksion va infeksion allergik kasalliklarda, yara kasalligida, trofik yara va h. k. da qoʻllanadi. Proteinoterapiyada qon (q. Gemoterapiya), kazein eritmasi va b. oqsilli moddalar yuboriladi. Proteinoterapiyada … Читать далее