MIKOZLAR

MIKOZLAR (yun. mykes — zamburugʻ) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Mikozlarda patogen zamburugʻlar sporasi yoki mi-seliyttg bir qismi qulay sharoitda toʻqimaga tushib, uning ichiga kirib koʻpayadi. Kasallikning yashirin davri bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin. Koʻpincha, teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi — dermatomikozlar (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya va b.); oʻpka jarohatlanganda — kandidoz, blastomikoz, mogʻorli mikozlar; shilliq qavatlar shikastlanganda — kandidoz, rinosporidoz; limfoidmakrofagal tizim, ichki aʼzolar jarohatlanganda — gistoplazmoz, limfa bezlarida va terida — sporotrixoz kasalliklari kelib chiqadi.

Mikozlarning paydo boʻlishida unga moyillik muhim ahamiyatga ega. Mac, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, asosan, dermatofitiya b-n; 3—5 yashar bolalar esa koʻpincha kandidoz bilan ogʻriydi. Mikozlarning rivojlanishiga gipo-va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, xavfli oʻsma, qon kasalliklari, OITS, oʻtkir va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan notoʻgʻri foydalanish, shaxsiy gigiyena kridalariga amal qilmaslik va b. omillar sabab boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x