MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus

MARSINKYAVICHYUS Yustinas Moteyaus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hoz. Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Soʻz soʻrayman» (1955). Doston («Yigirmanchi bahor», 1956; «Qon va kul», 1960; «Devor», 1965) va dramatik dostonlariga («Mindaugas», 1968; «Ibodatxona», 1971; «Majvidas», 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. «Publitsistik doston» (1963), «Donelaytis» (1964) dostonlari, «Gʻallakor qoʻllar» (1963), «Yogʻoch koʻpriklar» (1966) va b. sheʼriy toʻplamlarida litva xalqi hayoti haqidagi oʻylari aks etgan. «Kuluvchan qaragʻay» qissasi (1961) yoshlarga bagʻishlangan. Bolalar uchun bir qancha asarlar yozgan. «Mindaugas iztirobi» dramatik dostoni (1979) va turkum sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x