ATETOZ

ATETOZ (yun. athetos — vaziyatsiz) — ka-lavlanib yurish. Qoʻl, oyoq, hatto yuz va til muskullarining uzluksiz chuvalchangsimon qimirlab, buralib qisqarishi. Asosan qoʻl-oyoq barmoqlarida uchraydi. Atetoz miyaga qon quyilgandan keyin, miya oʻsmasida, baʼzan tutqanoq tutganda, bosh miyaning ekstrapiramid doiralariga qarashli toʻqimalarida (striar sistema) roʻy beradi. Atetozda panja muskullarining tonusi oshib ketadi va chuvalchangsimon harakatda boʻladi. Mas, … Читать далее

AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich

AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich (1917.5.11, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari d-ri (1975), prof. (1976). Toshkent davlat tibbiyot in-ti sanitariya-gigiyena, ke-yin stomatologiya ftida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 — 91). 1991-y. dan prof.-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastroduodenal qon oqishlar, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir appenditsit, … Читать далее

ATEROMATOZ

ATEROMATOZ — ateroskleroz kasalligida qon tomir devorlarida pilakchalar va ular markazida mayda donachali detrit (biriktiruvchi toʻqima asosiy moddasining mahalliy oʻlishi) hosil boʻlishi; ular xolesterin kristallari va yogʻ kislotalaridan iborat boʻlib, lipid va oqsil massalari, kollagen va elastik tolalarning parchalanishidan vujudga keladi.

ANJABOR

ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, rombsimon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkishpushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23—54% tannin (oshlovchi) va b. moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri … Читать далее

ACHCHIQMIYA

ACHCHIQMIYA (Gobelia pachycarpa) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 45 sm, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uz. 10 — 18 sm. Gullari poyaning yuqorisida shingil boʻlib joylashgan. Dukkagining uz. 4,5 — 6 sm, eni 7 — 9 mm. Achchiqmiya apr. — mayda gullab, iyun— iyulda urugʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Fargʻona … Читать далее

AUYESKI KASALLIGI

AUYESKI KASALLIGI, soxta quturish kasalligi (venger vrachi A. Auieszky nomidan) — hayvonlarda markaziy nerv sistemasi va nafas organlarining shikastlanishi belgilari bilan oʻtadigan virusli yuqumli kasallik. A. k. b-n barcha sut emizuvchilar va qushlar kasallanadi. Kasallik ayniqsa, darrandachilik va choʻchqachilik xoʻjaliklariga katta zarar keltiradi. Auyeski kasalligi, asosan, ot, choʻchqa, qoramol, qoʻy-echki va itlarda yilning hamma faslida … Читать далее

ANAEROB INFEKSIYA

ANAEROB INFEKSIYA (gazli infeksiya, gazli flegmona, xavfli shish) — jarohatlarning faqat kislorodsiz muhitda koʻpayadigan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar — anaeroblar b-n zararlanishi; koʻpincha jarohatlarga (asosan oyoq va dumbadagi) tuproq tushishidan paydo boʻladi, chunki tuproqda deyarli har doim Anaerob infeksiya qoʻzgʻatuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan toʻqimalar koʻproq za-rarlanadi, chunki qon tomirlarga shikayet yetishi sababli jarohatlangan joyga kislorodga … Читать далее

AYRISIMON BEZ

AYRISIMON BEZ (buqoq bezi, timus) — umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning oʻng va chap yonida joylashgan boʻlakchalardan iborat bez. Yoshlik (oʻsmirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan boʻladi. Qon hosil boʻlishida (bunda Ayrisimon bezdan limfotsitlar vujudga keladi), organizmning oʻsishi va umumiy rivojlanishida, immunitet yuzaga kelishida ishtirok etadi.